Myunxenliklar 30-turda «Ştutgart» ustidan 4:2 hisobida ğalabaga erişdi. Uçraşuvning 21-daqiqasida Fyurix hisobni oçib mehmonlarni oldinga olib çiqqan bölsa, Gerreyru (31), Jyekson (33), Devis (37) va Keynning (52) gollari hisobni yirik körinişga keltirdi. Sönggi daqiqalarda Andres (88) gol urib, farqni qisqartirdi.

Uşbu uçraşuvdan söng «Bavariya» hisobidagi oçkolar soni 79taga yetdi. Undan keyingi örinda borayotgan «Borussiya» hisobida 64 oçko bor. «Borussiya» 18 aprel kuni “Hoffenhaym”dan uçralgan mağlubiyatdan söng (2:1) çempionlik poygasidan çiqdi.

Şu tariqa «Bavariya» 35-bor Bundesliga çempioniga aylandi. Jamoa ötgan yili ham çempionlikni muddatidan oldin qölga kiritgandi.

Yana bir e’tiborli tomoni, «Bavariya» Bundesligada uşbu mavsumda 109ta gol kiritgan va 29ta gol ötkazib yuborgan. Kiritilgan va ötkazib yuborilgan töplar orasidagi farq (80) töplangan oçkolar sonidan köproq.

Bundan taşqari, jamoa 12 aprel kuni Bundesligadagi 105-golini kiritib, Germaniya çempionatining bir mavsumida gol uriş böyiça 54 yil avval özi örnatgan rekordni (101ta gol) yangilagandi.

Şuningdek, «Bavariya»özining yana bir rekordini yangiladi – bir mavsumda barça turnirlarda 161ta gol kiritişga erişdi. Vensan Kompani şogirdlari raqiblari darvozasiga Bundesligada 108ta, Çempionlar ligasida 38ta, Germaniya kubogida 12ta va Germaniya superkubogida 2 gol kiritdi. Jamoa 2018/2020 yilgi mavsumda 159ta gol urişga erişgandi. Germaniya çempionati tugaşiga yana 4 tur borligi va Çempionlar ligasidagi iştirokini davom ettirayotgani hisobga olinsa, bu rekord yana yangilanişi mumkin.