Biz kelajak uçun javobgarmiz - Özbekiston Ekologik partiyasi Jizzax viloyati hududiy partiya taşkiloti konferensiyasida asosiy mavzu böldi.

Jizzax viloyati hududiy taşkiloti faoliyatini taşkil etişga bağişlangan konferensiya şahar va tuman hokimi örinbosarlari, boşqarma va taşkilot mutaxassislari, faollar, siyosiy partiya vakillari iştirokida taşkil etildi.

Bugun dunyoning 100ga yaqin davlatida turli nomdagi “yaşillar” partiyalari faoliyat yuritadi. Bunday partiyalarning 60ga yaqini davlat hokimiyati vakillik organlariga vakillariga ega. Bu esa mazkur mamlakatlarda faoliyat körsatayotgan boşqa siyosiy partiyalar bilan raqobat qilib, ekologik muammolarni siyosiy maydonga olib çiqişga imkoniyat yaratadi. Özbekiston ekologik partiyasining ta'sis etilişi har bir ona tabiatimiz jonkuyarlari uçun quvonçli va tarixiy voqea böldi. Konferensiyada sözga çiqqanlar partiyaning taşkil etilişi Özbekistonning gözal tabiati, ekotizimi, hayvonot olamini muhofaza qilişga qaratilganini alohida ta'kidlab ötişdi.

“Partiya eng avvalo, atrof muhitni muhofaza qiliş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş, aholining ekologik savodxonlik darajasini oşiriş, dunyoqaraşi va soğlom turmuş tarzini şakllantiriş vazifalarini öz oldiga maqsad qilib olgan. Statistik ma'lumotlarga e'tibor beradigan bölsak, har yili yurtimizda qariyb 22 mingga yaqin kişi onkologik kasallikka çalinmoqda. Agar bu raqamlarni köz oldimizga keltiradigan bölsak, butun boşli bir tuman ahlini taşkil etadi. Ekologiyaning buzilişi esa mana şunday fojialarga olib keladi. Biz kelajak uçun javobgarmiz, ezgu ğoya asosida taşkil etilgan partiyamizning maqsadlaridan biri şundaki, Ona tabiatimizni asraş va unga jonkuyari bölgan, atrof-muhit, mamlakat obodligi, yurt farovonligiga befarq bölmagan har bir fuqaro şu ezgu maqsad yölida birlaşişini ta'minlaşdir. Orolböyi fojiasi barçaga ma'lum. Xullas, hal etilajak ekologik muammolar talaygina. Buning uçun esa yuqorida aytganimdek jamoatçilikni jalb etiş kerak. Fikrimça, bu partiya Özbekistonga juda kerak. Ayni vaqtida qabul qilingan qarordir”, deydi Özbekiston Ekologik partiyasi Markaziy kengaşi Ijroiiy qömitasi raisi örinbosari Islom Xuşvaqtov

Barça uçun foydali, yangi takliflar, fikr-mulohazalarga boy bölgan konferensiyada yana bir qator muhim masalalarga e'tibor qaratildi. Xususan, joylardagi ekologik muammolarni bartaraf etiş, soğliqni saqlaş tizimida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar bilan birgalikda faoliyat olib boriş haqida ham söz bordi. Konferensiya söngida Bayram Uzoqov Jizzax viloyati Ekologik partiyasi hududiy taşkiloti rahbari etib saylandi.