Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Ol Saud “Al-Qoida” terrorçilik guruhi yetakçisi, 2011 yilda öldirilgan Usama bin Lodinning öğli Hamza bin Lodinni qirollik fuqaroligidan mahrum qiliş haqidagi farmonni e'lon qildi. Bu haqda içki işlar vazirligi buyruğiga iqtibos keltirgan holda “Umm al-qura” naşri ma'lum qildi. 

28 fevralda AQŞ davlat departamenti Hamza bin Lodin qayerda ekanligi haqidagi axborot uçun million dollar mukofot puli taklif qildi. Davlat departamentining fikriça, bin Lodinning öğli “Al-Qoida” yetakçilaridan biri hisoblanadi.