Angliya premer-ligasining 29-turida «Liverpul» «Everton»ga qarşi derbi uçraşuvida ğalaba qozonolmadi. Qizillar jamoasi yetakçisi Muhammad Saloh bir neça golli vaziyatlarni kökka sovurdi.

«Everton» - «Liverpul» - 0:0 
«Everton»: Pikford, Koulman, Din, Zuma, Kin, Şneyderlen (Andre Gomeş, 76), Sigurdsson, Gey, Uolkott (Rişarlison, 59), Bernard, Kalvert-Lyuin (Djyenk, 74).
«Liverpul»: Alisson, Matip, van Deyk, Roberson, Aleksandr-Arnold, Vaynaldum (Milner, 63), Henderson, Fabinyu, Saloh, Mane (Lallana, 84), Origi (Robertu Firmino, 63).
Ogohlantirişlar: Uolkott, 7. Roberson, 75. Fabinyu, 79. 
Hakam: Atkinson.
3 mart. Liverpul. «Goodison Park» stadioni.

Birinçi davradagi derbi uçraşuvida mavsumning yorqin epizodlaridan biri röy bergandi. «Everton» darvozaboni Pikford öyinning oxirgi soniyalarida van Deykning şundoq ham darvoza töriga borib tuşmayotgan kuçsiz zarbasiga teginib uni maydonga qaytargan va payt poylab durgan Origi uning xatosidan unumli foydalanib, ğalaba golini urib ketgandi. Agar xunuk gollar reytingi bölganida bu gol reytingning yuqori qismidan joy olgan bölardi.

Öşa ğalaba evaziga «Liverpul» dekabr oyini kötarinkilik bilan boşladi va oy oxirigaça 8 öyinda oçko yöqotmadi. Origi keltirgan oçkolar evaziga Yurgen Klopp jamoasi şu kungaça APLda peşqadamlik qilib keldi.

«Everton» boş murabbiyi Marku Silva yakşanba kungi derbi oldidan «Enfild»dagi öyinning oxirgi soniyalarini esladi: «Oxirgi soniyalarda raqibning omadi kelgandi. Ular bu golni xuddi jahon çempionatida ğolib çiqqandek nişonlaşgandi. Albatta, biz ham bunday natijani katta muvaffaqiyat deb bilgan bölardik».

«Everton»ga ham oçko kerak, ammo «irislar» endi yettinçi örindan yuqoriga kötarila olmaydi, bu örin esa hatto Yevropa Ligasiga yöllanmani kafolatlamaydi - barçasi Angliya Kubogi natijasiga boğliq. Ammo «Everton»ni qöşnilarining oyoğidan çalib qoliş harqaçon xursand qilgan. Ayniqsa hozirgi vaqtda - köklar 2010 yildan buyon hamşaharlarini mağlub eta olişmayapti. Har öyindan keyin ğalabasiz seriya davom etmoqda.

«Liverpul» tarkibida Origi mavsumda ikkinçi marta boşlanğiç tarkibda tuşdi. Lekin Klopp uni ötgan öyindagi qahramonligi uçun emas, majburlikdan maydonga tuşirgandi. Jamoaning uçinçi hujumçisi Roberto Firmino ötgan turda «MYu»ga qarşi öyinda jarohat olgan va hali töliq soğaymagandi. Belgiyalik futbolçini mezbonlar oson qurolsizlantirişdi, u bir soat davomida raqib darvozasi tomon atigi bir marta zarba berdi - xato ketdi. Mane esa birinçi bölimda maydonda közga taşlanmadi, asosiy vaziyatlar Saloh iştirokida keçdi. Misrlik futbolçi vaziyatlardan birida maydon markazidayoq tuşunarsiz ravişda yiqildi, yana bir vaziyatda esa Manening oddiy uzatmasini qabul qila olmadi. Saloh ikki marta gol uriş uçun qulay vaziyatga ega böldi. Birinçi zarbasi masofa yaqinligi uçun Pikford tomonidan osonlik bilan bartaraf etilgan bölsa, ikkinçi holatda darvozabon muxlislarning olqişlariga sazovor böldi, «Liverpul» yetakçisi birga-bir vaziyatda gol urolmadi.

Ikkinçi bölim boşida Saloh yana bir golli vaziyatni qöldan çiqardi - öng qanotdan raqib jarima maydoniga yorib kirgan futbolçini Kin töxtatib qoldi, yoş himoyaçi töpni ustalik bilan raqibi oyoqlaridan olib qöydi. Misrlik futbolçi boşqa jamoadoşlariga örnak böldi, van Deyk, Fabino va Mane ham ikkinçi bölimda öz imkoniyatlaridan foydalana olişmadi. Öz navbatida «Everton» ham hujumda yaxşi öynay olmadi: tanaffusga qadar mezbonlarning töp uzatmalari aniqligi 60 foizdan oşmadi, raqib darvozasiga ular deyarli xavf solişmadi.

«Everton» bu mavsumda köp gol ötkazmoqda. «Liverpul» uçun şunday mehmonnavozlik kerak edi. Ammo qizillar vaziyatlardan foydalanişda juda yomon harakat qilişdi. Öyin yakunlana borgani sari mehmonlar sust harakatlana boşlaşdi, bu vaqtda esa «Siti» muxlislarining tabassumlari yoyila boşladi. 

«Liverpul» asablarini ham, qöşnilarini ham jilovlay olmadi va xato ketidan xato qildi. Endi Premer-ligada yangi peşqadam. «Mançester Siti» yana taxtda.