Özbekistonning Kuala-Lumpur şahridagi elçixonasi bergan ma'lumotga köra, 2019 yilning 4 mart kuni Malayziya Islom ilmiy universiteti (USIM) rahbariyati va professor-öqituvçilari bilan uçraşuv bölib ötdi.
1998 yilda asos solingan davlat oliy ta'lim muassasasi USIM’da 32 yönalişda ta'lim beriladi. Bugungi kunda u yerda 15 ming atrofida talaba tahsil oladi.
TIV xabariga köra, uçraşuv çoğida USIM va mamlakatimiz ta'lim muassasalari örtasidagi munosabatlarni rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilingan hamda bu kabi hamkorlikning samaradorligi alohida ta'kidlangan. Sönggi yarim yil içida USIM bilan Urganç davlat universiteti va Samarqand davlat arxitektura-quriliş instituti örtasida tadqiqotlarni birgalikda ötkaziş sohasida, mutaxassislarni tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş, studentlarni almaşiş böyiça hamkorlik töğrisidagi şerikçilik bitimlari imzolandi. Malayziya universiteti Özbekiston Milliy universiteti va Buxoro davlat universiteti bilan ham hamkorlik aloqalarini örnatgan.
Natijada joriy yil yanvar oyida Özbekiston Xalqaro islom akademiyasida va Urganç davlat universitetida Islom ilmiy universiteti yetakçi professorlarining islom huquqi va bankingi, turizm, menejment, AKT va boşqa yönalişlar böyiça leksiyalari taşkil etildi.
Oliy ta'lim muassasalari örtasidagi hamkorlikni yanada çuqurlaştiriş va «visiting professors» şaklidagi amaliyotni davom ettiriş maqsadida universitetning injyeneriya va quriliş fakulteti dekanini Toşkent arxitektura-quriliş institutida mustahkam arxitektura mavzusida leksiyalar kursini ötkazişi uçun 2019 yil 27 martdan 11 aprelgaça Özbekistonga yuboriş töğrisida kelişuvga erişildi.












