Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Ta'lim muassasalarida uni bitirib, yuksak yutuqlarga erişgan nomdor şaxslarning homiylik xayriya mablağlari hisobiga şakllantiriladigan bitiruvçilar jamğarmasini taşkil etiş töğrisida nizomni tasdiqlaş haqida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.
Nizomga köra, Jamğarma yuridik şaxs hisoblanmaydi va uning mablağlari ta'lim muassasalarining Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Ğaznaçiligida oçilgan alohida budjetdan taşqari şaxsiy ğazna hisobvarağida (ğazna ijrosi bilan qamrab olinmagan muassasalarda ularning maxsus hisob raqamlarida) jamlanadi va belgilangan maqsadlarga sarflanadi.
Jamğarma mablağlari quyidagi manbalar hisobidan şakllantiriladi:
ta'lim muassasalarini bitirib, yuksak yutuqlarga erişgan nomdor bitiruvçilarning homiylik xayriya mablağlari;
xayriya beruvçilar mablağlari, xalqaro taşkilotlarning grantlari;
yuridik va jismoniy şaxslarining xayr-ehsonlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalardan tuşadigan mablağlar.
Jamğarma mablağlari quyidagi maqsadlarni moliyalaştirişga yönaltiriladi:
iqtidorli, bilimli öquvçi va talabalarning öz bilimlarini yanada mustahkamlaşlari uçun zarur böladigan öquv va ilmiy adabiyotlar hamda jihozlar xarid qiliş;
a'loçi öquvçi va talabalarning öz ustida işlaşlari va bilimlarini muntazam rivojlantirişga intilişlarini moddiy qöllab-quvvatlaş va rağbatlantiriş;
öquvçi va talabalarning tumanlar, viloyatlar, respublika va xalqaro miqyosda ötkaziladigan (bilimlar sohasi, sport, ma'naviy-ma'rifiy va boşqa tadbirlar) turli musobaqalarda faol iştirokini ta'minlaş;
kam ta'minlangan oilalar va yetim bolalar toifasiga kiruvçi öquvçi va talabalarni moddiy qöllab-quvvatlaş;
professor-öqituvçilar va xodimlar mehnatini rağbatlantiriş;
ijtimoiy faol va ta'lim muassasasida köp yillar mobaynida mehnat qilgan professor-öqituvçilar va xodimlarni moddiy rağbatlantiriş;
ta'lim muassasalari moddiy texnik bazasini mustahkamlaş, şu jumladan bino va inşootlarni ta'mirlaş, zarur zamonaviy öquv va ilmiy-laboratoriya uskunalari, mebellar, inventarlar hamda axborot-kommunikatsiya vositalari bilan jihozlaş va boşqa tovar-moddiy boyliklarni xarid qiliş;
faol öquvçi va talabalar örtasida ötkaziladigan respublika tanlovlari ğoliblarini va ularning ustoz va murabbiylarini taqdirlaş va rağbatlantiriş;
bitiruvçilar va ta'lim muassasalari örtasida amaliy va foydali aloqalar örnatilişini ta'minlaş uçun sarflanadigan boşqa xarajatlar.
Jamğarma faoliyatini boşqariş va uning mablağlarini taqsimlaş ta'lim muassasalari rahbarlari raislik qiluvçi Jamğarmani boşqariş kengaşlari va umumiy örta ta'lim muassasalarida Kuzatuv kengaşlari tomonidan amalga oşiriladi.
Kengaş tarkibi ta'lim muassasasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Kengaş tarkibiga ta'lim muassasalarining rahbar va mas'ul xodimlari, öquvçi va talabalar, Yoşlar ittifoqi vakillari hamda mazkur ta'lim muassasalarini bitirib, yuksak yutuqlarga erişgan nomdor bitiruvçilar kiritiladi.
Kengaş majlisi a'zolarning kamida uçdan ikki qismi qatnaşgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Körib çiqilayotgan masalalar böyiça qarorlar oddiy köpçilik ovoz beriş yöli bilan qabul qilinadi.
Qaror qabul qilişda ovozlar teng bölib qolgan taqdirda Kengaş raisi tomonidan hal qiluvçi qaror qabul qilinadi. Qabul qilingan qaror bayonnoma şaklida rasmiylaştiriladi hamda ta'lim muassasalarining bayonnoma asosida qabul qilingan buyruği bilan amalga oşiriladi.
Kengaş majlisi har çorakda kamida bir marotaba, zarurat bölganda navbatdan taşqari çaqiriladi.
Kengaş:
Jamğarma mablağlari hisobiga moliyalaştiriladigan tadbirlarning ustuvor yönalişlarini belgilaydi;
Har çorak yakuni va hisobot yili yakuni böyiça Jamğarma mablağlarining daromadlari tuşumi va xarajatlari töğrisidagi hisobotlarni körib çiqadi va tasdiqlaydi;
Jamğarma mablağlaridan maqsadli va samarali foydalanilişi ustidan nazoratni amalga oşiradi;
Jamğarma mablağlarini şakllantiriş va ulardan foydalaniş bilan boğliqboşqa vakolatlarni amalga oşiradi.
Jamğarma faoliyatini qöllab-quvvatlaş va unga ta'lim muassasalarini bitirib, yuksak yutuqlarga erişgan bitiruvçilarning homiylik mablağlarini jalb etiş ta'lim muassasasi nomidan amalga oşiriladi.












