Senat 18-yalpi majlisda Özbekiston va Rossiya hukumatlari örtasida harbiy havo kemalarning mamlakatlar havo hududidan foydalanişini ma'qulladi. Bu xabar ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarini öylantirib qöydi, xususan «nahot, rus harbiylari ta'siriga tuşib qolsak», deya muhokamalar boşlandi.
Senator Valeriy Tyanning aytişiça, hujjat bilan harbiy havo kemalarining boşqa davlat havo hududidan uçib ötişi jarayoni soddalaştiriladi, ruxsat oliş va parvoz qiliş vaqti kamayadi. Aslida-çi, gap nimada?
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
«Ayni kelişuv, birinçi galda, Özbekistonning manfaatlariga töla mos keladi. Hujjat harbiy mahsulotlarni yetkazib beriş şartlarini soddalaştirib, taşkiliy masalalarda qaror qabul qiliş tezligini oşiradi», – deydi senator.
2016 yil 29 noyabr kuni Moskva va Toşkent örtasidagi harbiy-texnikaviy aloqalarni yanada rivojlantiriş böyiça hamkorlik hujjatlari qabul qilingandi. Keyinroq, 2018 yili 29 mart kuni Yerevan şahrida ötkazilgan ArmHiTec-2018 xalqaro körgazmasida Özbekiston va Rossiya hukumati vakillari 10dan ortiq harbiy Mi-35m vertolyotlarini xarid qilişga kelişib olgandi.
Senator ta'kidlaganidek, harbiy mahsulotlarni yetkazib beriş şartlari soddalaştirilişi, rasmiyatçilik işlari kam vaqt olişi kerak. Senat ma'qullagan bitim aynan şu şartlarning paydo bölişiga yöl oçib beradi, jumladan vertolyot va boşqa harbiy mahsulotlarning yetkazib berişda harbiy uçoqlarning parvozida kamroq masalalar paydo böladi.
Şavkat Mirziyoyev 2018 yil 9 yanvar kuni parlament tomonidan ma'qullangan mamlakatning yangi tahrirdagi Mudofaa doktrinasini imzolagandi. Unga köra, yangi tahrirdagi Mudofaa doktrinasi Özbekiston Respublikasining mudofaa salohiyatini oşiriş, professional armiyani tayyorlaş hamda «mudofaa maqsadidagi harbiy-texnikaviy sanoatni rivojlantiriş»ga yöl oçişi nazarda tutilgan.
Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev ayni bitimni ratifikatsiya qiliş töğrisidagi hujjatni imzoladi.
Aynan mana şu omillarni inobatga olgan holda, muhokamalarga jiddiy tus beriş kerak emasligini ta'kidlamoqçimiz. Öylaymizki, bu faqat Özbekistonning harbiy salohiyati va harbiy-texnikaviy salohiyatini oşiriş uçun tuzilgan bitim edi, xolos.
Alişer Rözioxunov











