Özbekiston Respublikasi prezidenti “Özbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati örtasida Özbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi harbiy havo kemalarining Özbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi havo hududidan foydalanişi töğrisidagi Bitimni (Toşkent, 2018 yil 12 oktabr) ratifikatsiya qiliş haqida”gi qonunni imzoladi. Hujjat matni ÖzA tomonidan keltirilgan.

Qonun Qonunçilik palatasi tomonidan 2019 yil 18 fevralda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019 yil 28 fevralda ma'qullangan.

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati örtasida Özbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi harbiy havo kemalarining Özbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi havo hududidan foydalanişi töğrisidagi Bitim (Toşkent, 2018 yil 12 oktabr) ratifikatsiya qilindi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Senat Rossiya harbiy samolyotlarining Özbekiston hududidan parvoz qilişini ma'qullagandi.

«Özbekiston Respublikasi hukumati va Rossiya Federatsiyasi hukumat örtasida Özbekiston va Rossiya Federatsiyasi harbiy havo kemalarining Özbekiston va Rossiya havo hududidan foydalanişi töğrisidagi Bitim» ötgan yili 12 oktyabrda Toşkentda imzolangan.

Hujjat bir davlatning harbiy havo kemalarining töxtovsiz manzilga uçib borişida havo hududidan foydalaniş tartibini aniqlab beradi.