Toşkentda qölida 8 oylik bolasi bilan tilançilik qilib yurgan boşpanasiz namanganlik Muyassar ismli ayolga Xotin-qizlar qömitasi kömagida uy olişga yordam berildi. Qömita matbuot xizmati Kun.uz'ga şu haqida xabar berdi.
Asli Namangan viloyatidan bölgan Muyassar Toşkent şahar IIBB xodimlari tomonidan Xöja Ahror Valiy jome masjidi yonida tilançilik qilib yurgan vaqtda topilgan edi. Ayolga birinçi yordam körsatilib, uning holati örganila boşlangan.
Muyassarning taqdiridan xabar topgan Özbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qömitasi rahbariyati qiz bilan bevosita muloqotda bölib, uning muammolarini tingladi hamda unga amaliy yordam beriş yuzasidan çoralar kördi.
Qömita tomonidan körilgan sa'y-harakatlar natijasida ona va bola Namangan viloyatiga qaytarildi hamda şahar markazidan bir xonali uy bilan ta'minlandi, ayolning farzandiga esa bola puli ajratildi.
Muyassarning holati Xotin-qizlar qömitasi nazoratida, unga kelgusida işga joylaşiş hamda farzandini maktabgaça ta'lim muassasasiga joylaştiriş böyiça zaruriy çoralar köriladi.











