Buyuk Britaniyaning Bantingford şahrida ekskvatorda beşta uyni buzib taşlagan ruminiyalik quruvçi Deniyel Nigu tört yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Uning sözlariga köra, quriliş kompaniyasi unga 16 ming funt miqdoridagi iş haqini bermagan.
Voqea ötgan yilning avgustida yuz bergan. 30 yoşli Deniyel Nigu yangi qurilgan uylar oldiga ekskavatorda kelgan va beşta binoni buzib taşlagan. Uning bu harakati videotasvirga tuşgan. Mahalliy aholi uni töxtatişga uringan. U esa qurgani uçun puli tölanmagan uylarni buzayotganini aytgan.
Sudya uning qilmişini «oldindan rejalaştirilgan buzğunçilik» deb baholagan.
Fevralda Nigu öz aybiga iqror bölgan. Quriliş kompaniyasining bildirişiça, har bir uyning narxi 800 ming funtga teng bölgan. Kompaniya uşbu uylar egalari «bir neça oydan keyin» köçib kirişlari mumkinligini bildirgan.












