«Real» Çempionlar ligasining 1/8 finali javob uçraşuvini Madridda «Ayaks»ga qarşi ötkazdi va 1:4 hisobida mağlub bölib, musobaqani tark etdi.

«Qirollik klubi» YeÇL doirasidagi avvalgi uy öyinida ham yutqazgandi. Jamoa dekabr oyida guruh bosqiçining yakuniy turini öz «Santyago Bernabeu»da TsSKAga qarşi ötkazib, 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergan. Şu tariqa, «Real» Çempionlar ligasi tarixida ilk marotaba ketma-ket ikkita uy uçraşuvida mağlubiyatga uçradi.

Şu bilan birga, «qaymoqranglilar» bu mavsumga qadar yevrokuboklar doirasidagi uy öyinida biror marta yirik hisobda (uç va undan köproq töplar farqi bilan) yutqazmagan edi.

Keçagi bahsda jamoa sardori Serxio Ramos diskvalifikatsiya sabab qatnaşa olmadi. Natijada «Real»ning YeÇLda Ramos iştirok etmagan öyinlardagi mağlubiyatlar seriyasi 4ta öyinga yetdi. Ötgan mavsumda klub Ramosning yordamisiz «Yuventus»ga yutqazgan (1:3), bu mavsum esa TsSKAga ikki marta yengilib (0:1, 0:3), «Ayaks»dan mağlub böldi.