Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro sirk san'ati festivali nizomini tasdiqlaş töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.
Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 yanvardagi 55-son qaroriga muvofiq Xalqaro sirk san'ati festivali 2021 yildan boşlab har ikki yilda bir marta Toşkent şahrida ötkaziladi.
Hujjat bilan Xalqaro sirk san'ati festivali nizomi tasdiqlanişi mumkin.
Xalqaro sirk san'ati festivalini taşkil etiş va ötkaziş bilan boğliq sarf-xarajatlar quyidagi manbalar hisobidan amalga oşirilişi inobatga olinadi:
Özbekiston Respublikasi davlat budjeti parametrlarida Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga ajratilgan budjet mablağlari;
Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari;
Toşkent şahar hokimligining mahalliy budjeti mablağlari;
yuridik va jismoniy şaxslarning homiylik xayriya mablağlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar.
Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi festivalni ötkaziş böyiça mas'ul etib belgilanadi.
Xalqaro sirk san'ati festivali nizomiga köra, festival quyidagilarni nazarda tutgan holda ötkaziladi:
jahon sirk san'ati yutuqlaridan bahramand böliş, milliy sirk san'ati an'analarini asrab-avaylaş, tomoşabinlarning sirk san'atiga bölgan ehtiyojlarini qondiriş, milliy sirk dasturlari badiiy saviyasi va qamrovini kengaytiriş;
sirk san'atining betakror ruhi va qiyofasini, öziga xosligini e'tirof etiş, xalqlar örtasida döstlik riştalarini mustahkamlaş, tinçlik, döstlik va ahillikni, boy tarixiy va betakror madaniyatimizni keng tarğib etiş keng tarğib etiş, mamlakatimiz sirk san'atini jahon hamjamiyatidagi nufuzini yanada oşiriş;
milliy sirk san'atini yanada rivojlantiriş, boşqa xalqlarning sirk san'ati an'analarini örganiş maqsadida ijodiy muloqotlar olib borişni yölga qöyiş;
madaniy aloqalarni yanada mustahkamlaş, sirk san'ati sohasidagi ilmiy örganiş va izlanişlarni hamkorlikda amalga oşiriş, özaro tajriba almaşiş, davra suhbatlari, taqdimot va mahorat darslarini taşkil etiş.
Festival 2021 yildan boşlab har ikki yilda bir marta Toşkent şahrida ötkaziladi.
Festivalga tayyorgarlik köriş va ötkazişni yuqori darajada amalga oşiriş maqsadida Xalqaro sirk san'ati festivaliga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş böyiça Taşkiliy-qömita tuziladi va Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Festivalni ötkazişning aniq sanasi va muddati Taşkiliy qömita tomonidan belgilanadi.
Festival Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Toşkent şahar hokimligi tomonidan taşkil etiladi va ötkaziladi.
Festival doirasida quyidagi tadbirlar ötkaziladi:
mahalliy va xorijiy sirk ustalari tomonidan körgazmali namoyişlar, ijodiy uçraşuvlar, sayillar, matbuot konferensiyalari, davra suhbatlari, taqdimot va mahorat darslari, ilmiy-amaliy konferensiya;
xorijiy va Özbekiston sirk san'ati ustalarining Toşkent şahri böylab madaniyat maskanlarida sirk dasturlari namoyişi;
sirk ustalarining Xalqaro körik-tanlovi;
Festival körik-tanlovi ğolib va sovrindorlar iştirokida “Özbek davlat sirki” davlat muassasasida tantanali taqdirlaş marosimi va sirk namoyişlari bilan yakunlanadi.
Festivalga Taşkiliy qömita tomonidan tasdiqlangan Xalqaro hay'at a'zolari, faxriy mehmonlar va iştirokçi sifatida turli mamlakatlardan ijodiy delegatsiyalar taklif etiladi va ularning yaşaş, ovqatlaniş, Özbekistonga kelib-ketiş (uçinçi davlat orqali uçişlari ham), içki transport xarajatlari Taşkilotçi tomonidan qoplanadi.
Körik-tanlovda namoyiş etiladigan sirk dasturlari musiqalari fonogramma yoki orkestr orqali ijro etiladi.
Festivalda öz hisobidan iştirok etiş istagini bildirgan sirk ustalari, xorijiy davlatlardan taniqli olimlar, mutaxassislar va faxriy mehmonlar Taşkilotçi taklifi asosida qatnaşişi mumkin.
Körik-tanlovda iştirok etişni istagan sirk artistlari va sirk jamoalari körik-tanlovni ötkaziş sanasidan ikki oy oldin taşkilotçiga quyidagilarni taqdim etişi kerak:
rekvizitlar röyxati va unga tegişli texnika pasporti;
iştirokçilar soni;
hayvonlar uçun tegişli veterinariya xulosasi;
taqdimot ijod namunasidan (video, CD, DVD) lavhalar.
Har bir iştirokçi festival dasturida 1 yoki 2 ta sahna körinişi bilan çiqişi mumkin. Faqatgina masxarabozlar bundan mustasno.
Tsirk dasturini körik-tanlov davomida namoyiş etilişi kamida 6 martagaça amalga oşirilişi mumkin.
Festival iştirokçilari quyidagi majburiyatlarni öz zimmalariga olişlari şart:
veterinariya hujjatlarini Özbekiston Respublikasidagi mavjud normativ qoidalar talablariga muvofiq röyxatdan ötkaziş;
Vaşington konvensiyasi (CITES), hayvonlarni muhofaza qiliş va ulardan foydalaniş böyiça xalqaro hujjatlar talablariga qat'iy amal qiliş;
sirk dasturi ijrosi vaqtida, maşğulotlar davomida xavfsizlik va mehnat muhofazasiga rioya qiliş;
festival davomida respublika içki qonunlari, urf-odatlariga amal qiliş;
havo-akrobat gimnastlari özlari foydalanadigan çiqiş uçun jihozlariga joriy yilda berilgan texnik sertifikatlarga ega bölişi lozim.
Iştirokçining salomatligi va hayotiga xavf tuğdiradigan çiqişlarni körsatiş taqiqlanadi (agar maxsus xavfsizlik vositasi bölmasa).
Suğurta polisiga ega bölmagan iştirokçilarning sirk dasturlari körib çiqilmaydi.
Tanlovda iştirok etiş ketma-ketligi festival rejissyori tomonidan belgilanadi.
Festival doirasida ötkaziladigan ilmiy-amaliy konferensiyada iştirok etuvçilar quyidagilarni taqdim etişlari lozim:
iştirokçi ma'ruzasining 4-5 betdan iborat töla matni va 300 sözdan kam bölmagan tezislari;
iştirok etiş uçun ma'lumotnomasi (rezyume);
ma'ruza taqdimoti (prezentatsiya);
ma'ruzaning özbek, ingliz va rus tillariga tarjima qilingan matni;
3 dona 6 x 9 ölçamdagi rangli fotosurat.
Ilmiy-amaliy konferensiyada iştirok etişni istagan olim va mutaxassislar tomonidan uşbu hujjatlar Festival ötkaziladigan yilning 1 sentyabriga qadar taşkilotçiga taqdim etilişi zarur.
Körik-tanlov va ilmiy-amaliy konferensiyada iştirok etuvçilarning yakuniy röyxati Taşkiliy qömita tomonidan aniqlanib, Festival boşlaniş vaqtida kamida bir oy oldin iştirokçilarga ma'lum qilinadi.
Özbek, ingliz va rus tillari festivalning işçi tillari etib belgilanadi.
Festivalni taşkil etiş va ötkaziş bilan boğliq sarf-xarajatlar taşkilotçi tomonidan işlab çiqilgan va örnatilgan tartibda tasdiqlangan smeta asosida quyidagi manbalar hisobidan amalga oşiriladi:
Özbekiston Respublikasi davlat budjeti parametrlarida Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga ajratilgan budjet mablağlari;
Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari;
Toşkent şahar hokimligining mahalliy budjeti mablağlari;
yuridik va jismoniy şaxslarning homiylik xayriya mablağlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar.
Festivalning iştirokçilari va xorijiy mehmonlar, şuningdek, xalqaro hay'at a'zolari Taşkiliy qömita tomonidan Festival ötkaziladigan davr va hududda yotoqxona, ovqatlaniş va belgilangan marşrut böyiça transport bilan ta'minlanadilar.
Festival xorijiy mehmonlarining Özbekiston hududidagi alohida mehmonxona va transport xarajatlari ularni taklif etgan mezbon taşkilot va muassasalar yoki mehmonlarning özlari tomonidan qoplanadi.
Bunda, Özbekiston Respublikasi hududida Festivalning barça xorijiy iştirokçilari va mehmonlar uçun içki qatnovlar böyiça avia va temir yöl çiptalari belgilangan tartibda sotiladi, mehmonxona haqi ham sömda qabul qilinadi.












