Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Markaziy bank tomonidan bank qonunçiligi va bank faoliyatini tartibga soluvçi me'yoriy hujjatlarni buzganliklari uçun tijorat banklariga nisbatan qöllaniladigan çora va sanksiyalar töğrisidagi nizomga özgartirişlar va qöşimça kiritiş töğrisida”gi hujjat loyihasi joylaştirildi.

Özbekiston Respublikasi Markaziy banki Boşqaruvining 1998 yil 26 dekabrdagi 74-son qarori bilan tasdiqlangan Markaziy bank tomonidan bank qonunçiligi va bank faoliyatini tartibga soluvçi me'yoriy hujjatlarni buzganliklari uçun tijorat banklariga nisbatan qöllaniladigan çora va sanksiyalar töğrisidagi nizomga özgartirişlar va qöşimça kiritilişi mumkin.

Xususan, nizomning nomidagi “bank qonunçiligi va bank faoliyatini tartibga soluvçi me'yoriy hujjatlarni buzganliklari uçun tijorat banklariga” degan sözlar “kredit taşkilotlari faoliyatini tartibga soluvçi me'yoriy hujjatlarni buzganliklari uçun tijorat banklari, mikrokredit taşkilotlari va lombardlarga” degan sözlar bilan almaştiriladi.
   
1.1-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
 
“1.1. Mazkur Nizom Özbekiston Respublikasining “Özbekiston Respublikasining Markaziy banki töğrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati töğrisida”gi va “Mikrokredit taşkilotlari töğrisida”gi qonunlariga muvofiq Markaziy bank tomonidan kredit taşkilotlari faoliyatini tartibga soluvçi me'yoriy hujjatlarni buzganliklari uçun tijorat banklari, mikrokredit taşkilotlari va lombardlarga nisbatan çora va sanksiyalar qöllaş tartibini belgilaydi.”.

 Quyidagi tahrirdagi VI-2-bölim bilan töldiriladi:
 
“VI-2. Bank xizmatlari iste'molçilarining huquqlarini himoya qiliş sohasidagi huquqbuzarliklar va Markaziy bankning körsatmalari bajarilmaganligi uçun sanksiyalar”

6.2-1. Kredit taşkilotlari tomonidan bank xizmatlari iste'molçilarining huquqlari himoya qilişga oid qonunçilik talablari buzilganda, şuningdek, Markaziy bankning bank xizmatlari iste'molçilarining huquqlari buzilişlarini bartaraf etiş töğrisidagi körsatmalarini bajarişdan böyin tovlaş, öz vaqtida yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda Markaziy bank quyidagiça jarima undiriş huquqiga ega:

bankdan - bank ustav kapitalining belgilangan eng kam miqdorining
0,1% miqdorida;

mikrokredit taşkilotidan - mikrokredit taşkiloti ustav kapitalining belgilangan eng kam miqdorining 0,1% miqdorida;

lombarddan -  eng kam oylik iş haqining ön barobari miqdorida.