Loyiha muallifi hamda konstruktori, ayni paytda, Buxoroda yaşab, motor quvvati 169 ot kuçiga teng elektrokar yaratiş ustida boş qotirmoqda.
ÖzAning xabar berişiça, Saidbek Ğulomov Farğona politexnika institutini bitirgaç, atrofiga qobiliyatli yoşlarni töplab kiçik jamoa tuzgan.
«Saidbek dream cars korxonasini ham taşkil etdik. Qoğozdagi loyihani amaliyotga joriy qiliş uçun şaroit va mablağ zarur edi. Yordam sörab, sohaga aloqador bir qança taşkilotlarga murojaat qilganmiz», — deya voqealarni sözlab bergan u.

Ğulomovning aytişiça, «Kogonremstroykomplekt» Özbekiston – Rossiya qöşma korxonasi rahbarlaridan biri Şamsiddin Hasanov uning ğoyasini moliyalaştirişda kömak bergan.

«Oradan ikki oy ötgaç, Buxoro viloyati hokimi hududdagi turli mulk şaklidagi korxonalar bilan tanişiş jarayonida qöşma korxonada ham böldi. Tabiiyki, Saidbekning ğoyasiga qiziqiş bildirildi», — deb yozadi ÖzA.
Ma'lum qilinişiça, modelni tayyorlaş jarayonida uning balandligi bir munça oşirilib, 1,53 metrga yetkaziş maqbul körilgan. Beş örinli bu avtomobilning uzunligi 4,75 metr, eni esa 2 metr. Ğildiraklari 18 dyumli bölişi aytilmoqda. Vazni taxminan 1 ming 450 kilogramm. Motor quvvati 169 ot kuçiga teng.

«U 6,5 soniyada soatiga 100 kilometr tezlikka erişişi hisoblab çiqilgan. Yana bir muhim masala. Hozirça, avtomobilga 220 voltli kuçlanişli elektr ta'minot nuqtasi orqali zaryadlanadigan 40 kilovat siğimli akkumulyator örnatiş közda tutilmoqda. Dastlabki, hisob-kitoblarga köra, elektromobil töliq olingan zaryad bilan 350 kilometr masofa yöl bosişi mumkin», — deydi loyiha muallifining özi.

Ta'kidlanişiça, Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiga elektromobil çizmalarini öz içiga olgan hujjatlar taqdim etilgan va ular körib çiqilmoqda.
Saidbek Ğulomov öz maşinasini jahon tamadduniga katta hissa qöşgan buyuk olim — Ahmad Farğoniy nomi bilan atamoqçiligini bildirgan. Elektrokarning özi qaçon test-drayvga tayyor bölişi ma'lum emas.












