Iroq harbiy razvedkasi mamlakat şimolida IŞID terrorçilik guruhiga qurol-yaroğ yetkazib beruvçi asosiy şaxslardan birini qölga oldi. U 2014 yilda Spayker aviabazasida 1,7 ming iroqlik harbiylarni öldirişga aloqador ekani aytilmoqda.

«Maxsus amaliyot davomida... Naynava viloyati operativ qömondonligi harbiy razvedkasi maxsus bölinmalari xavfsizlik masalalari böyiça mas'ul bölgan IŞID rahbarlaridan birini qölga oldi», - deyiladi viloyat harbiy razvedkasi boşqarmasi tomonidan payşanba kuni e'lon qilingan bayonotda. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.

Qölga olingan şaxs «Spayker aviabazasidagi qirğinda iştirok etgan, şuningdek, IŞIDga qurol yetkazib beriş bilan şuğullangan eng xavfli terrorçilardan biridir», - deyiladi bayonotda.

Saloh-ad-Din viloyatidagi Tikrit şahri yaqinida joylaşgan Spayker aviabazasidagi qirğin 2014 yil iyun oyida, IŞID terrorçilari uni egallab olganidan keyin sodir bölgan. Turli taxminlarga köra, 1,7 mingga yaqin harbiy jangarilarning qurboni bölgan. Ularning jasadi baza ozod etilganidan keyin ommaviy qabrlarda topildi.

Bundan oldin, IŞID jangarilari GRUga hujum qilişni rejalaştirgani xabar qilingandi.