Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “2019-2024 yillarda mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlaş milliy dasturini tasdiqlaş töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.

Hujjatda qayd etilişiça, mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlaş jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy holatini barqaror rivojlantiriş, fuqarolarning soğliği va hayotini yaxşilaş, milliy xavfsizligi va mamlakat mustaqilligini barqaror saqlaşning asosiy yönalişlaridan biriga aylandi.

Mazkur yönalişda respublikada aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta'minlaş, qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiruvçilarni qöllab-quvvatlaş böyiça strategik jihatdan maqsadli hamda izçil çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.

Şu bilan birga, mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlaş sohasida qator muammolar saqlanib qolmoqda. Jumladan:

birinçidan, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlaş bugunga qadar turli darajada tasdiqlangan agrar sohani rivojlantiriş dasturlari doirasida amalga oşirilib, yagona davlat dasturi işlab çiqilmagan;

ikkinçidan, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlaşga aloqador vazirlik, idora va taşkilotlarning bu boradagi faoliyatini muvofiqlaştiriş mexanizmi va özaro yaxlit tizimda işlaş tartibi töliq şakllantirilmagan;

uçinçidan, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlanganlik darajasini aniqlaş, mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini baholaş indekslari mavjud emas.