Argentinalik sobiq futbolçi Diyego Maradona Kubadagi uç farzandining otasi ekanligini tan olmoqçi. Bu haqda uning advokati Matias Morla ma'lum qildi.
“Uning Kubada ikki ayoldan uç farzandi bor. Ular hozirça yuridik tan olinmagan”, deb aytgan Morla Trece telekanali efirida.
Maradona DNK testlari yordamida otaligi tasdiqlanişi bilan farzandlarini tan olişga tayyor.
Advokatning ta'kidlaşiça, Diyego öz farzandlari bilan aloqani qöllab-quvvatlaydi. Agar ular futbolçining farzandlari ekanligi aniqlansa, unda Maradonaning tan olgan farzandlari soni 8 nafarga yetadi.
Maradona Kubada 2000 yildan 2005 yilgaça ma'lum tanaffuslar bilan yaşagan va u yerda giyohvandlikdan davolangan.
Ayni vaqtda Maradona Meksikaning “Dorados” klubiga murabbiylik qilmoqda.












