Çempionlar ligasining nimçorak finali doirasida «Atletiko»ga qarşi keçadigan javob uçraşuvi oldidan Massimiliano Allegri «Yuventus»ning hujum uçligiga dam berdi: Ronaldu, Dibala va Manjukiç «Udineze»ga qarşi öyinni tribunadan tomoşa qilişdi.

Turinliklarning hujum çiziği 19 yoşli Moyze Kinga işonib topşirildi - u esa vazifani ortiği bilan uddaladi. Birinçi bölimdayoq ikkita gol urgan futbolçi ikkinçi bölimda penalti işladi.

Birinçi golda unga Aleks Sandro yordam berdi.

Keyin u çiroyli harakat bilan darvozani işğol qildi.

Ikkinçi bölimda u penalti işladi, ammo het-trik kutib turadigan böldi - zarbani Emre Jan ijro etdi.

80-daqiqada Kin örniga «Yuve»ning boşqa tarbiyalanuvçisi maydonga tuşdi - 18 yoşli Xans Nikolussi-Kavilya tuşirildi. Turinliklar 4:1 hisobida ğalaba qozondi va «Napoli» bilan oradagi farqni 19taga yetkazdi (Karlo Ançelotti jamoasida zaxira öyini mavjud). Qatorasiga sakkizinçi sovrin yaqin.

Moyze Kin A Seriyada ilk marta dubl muallifi böldi. «Udineze»ga qarşi öyingaça u çempionat öyinlarida atigi 5 daqiqa öynagandi. Ammo u Italiya Kubogida «Bolonya»ga qarşi yanvar oyi boşida keçgan öyinda boşlanğiç tarkibda tuşgandi va gol urgandi (2:0).

«Kin töp uçun kuraşlarda va hujumlarni yakunlaşda juda yaxşi işlamoqda, ammo u öz harakatlarini mukammallaştiriş va aniq qarorlar qabul qiliş borasida hali işlaşi kerak. U hali 19 yoşda», dedi «Udineze»ga qarşi öyindan keyin Maks Allegri.

«Yuve» safidagi debyut golini Kin 2017 yil mayidayoq urgandi. Öşanda u çempionatning oxirgi turida «Bolonya» darvozasini işğol qilgandi. Öşanda Moyze A Seriya tarixiga gol urgan futbolçilar orasida 2000-yildan keyin tuğilgan ilk futbolçi sifatida kirgandi. Öşa yil yozida futbolçi «Verona»ga ijaraga berilgan va u bu jamoa safida 19 öyinda maydonga tuşib, 4ta golga mualliflik qilgandi.

Kin «Yuve»ning A Seriyadagi öyinlarida yaxşi samaradorlik qayd etgan: unga bir gol uçun 35 daqiqa talab etilgan (6 öyin, 106 daqiqa, 3 gol).

Kin Pemontdagi Verçelli şaharçasida dunyoga kelgan. Uning ota-onasi kelib çiqişiga köra Kot-d’Ivuardan. Onasi Izabel uruşdan qoçib Italiyaga çaqaloği bilan kelgandi, Moyzega fuqarolik beriladi.

2007 yilda Kin «Torino» akademiyasiga qabul qilingan, uç yil ötib uni «Yuventus» öziga jalb qiladi. Futbolçining agenti Mino Rayola hisoblanadi. U yoş talantni «Yuve» akademiyasida payqab qolgan. Rayola tufayli Kin Ibrahimoviç va Balotelli bilan tanişgan, bu futbolçilar unga öz tajribalari bilan örtoqlaşib turişadi.

2018 yilning kuzida Kin ilk marta Italiya terma jamoasidan çaqiruv oldi - katta ehtimol bilan Roberto Mançinida uning Italiya yoşlar termasidagi öyinlari katta taassurot qoldirgan (U19 örtasida Yevro-2018 turnirida 4ta gol, ikkitasi finalda). Kin AQŞga qarşi örtoqlik öyinida (1:0) terma jamoa uçun debyut qilgan.

Kin Mario Balotelli bilan şunçaki taniş emas, balki Mario uning kumiri hamdir. Gollaridan birini Moyze SuperMario uslubida nişonlagandi. Bir safar maşğulotga «Why always me?» («Nega hamişa men?») yozuvli futbolkada kelgan.

«Balotelli bilan munosabatlarimiz yaxşi. Menga uning texnikasi va tezkorligi yoqadi. Ammo Balotelli - Balotelli, men - Kinman», degandi yoş futbolçi.

U Balotellining xatolarini takrorlamoqçi emas.

Uning Turin klubi bilan amaldagi şartnomasi 2020 yilga qadar, klub unga yangi şartnoma taklif qilmoqçi. Qişki transferlar vaqtida bu futbolçiga «Milan» tomonidan jiddiy qiziqiş bildirilgandi.