OÇL guruh bosqiçining 2-turidagi «Ar-Rayyan»-«Lokomotiv» uçraşuvi oldidan matbuot anjumanida mezbon jamoaning yangi boş murabbiyi Jilson Soza va yarimhimoyaçi Muhammad Alaaeldin iştirok etdi. Bu haqda Tribuna.uz muxbiri Dohadan xabar beradi.
«Bilamiz, öyin qiyin böladi. «Lokomotiv»ning ba'zi öyinlarini körib çiqdim. Jamoada juda yaxşi futbolçilar jamlangan. Himoyadan hujumga tezkorlik bilan öta oladi. Jamoa tezkor öyin körsatadi, yuqori pressing qöllaydi. Ularga qarşi qölimizdan kelgan barça işni qilamiz, çunki keyingi bosqiçga çiqişni istaymiz.

Jamoa ötiş davrida turibdi. Ertangi öyin uçun asosiy rejam – jamoani kelajak uçun tayyorlaş. Futbolçilar bir-birlarini yaxşiroq tuşunib öynay boşlaşlariga erişmoqçiman. Ertaga maydonda nima qilişimiz kerakligini bilamiz.
Men bu klubda uzoq yildan işlab kelyapman. Jamoa menga begona emas. Bu borada muammo yöq, barçamiz döstlarmiz. Vaziyatni özgartiriş uçun mehnat qilamiz», – dedi Soza.
Ma'lumot uçun, braziliyalik mutaxassis şu hafta boşida, ketma-ket uçta yirik hisobdagi mağlubiyatdan keyin iste'foga çiqarilgan Bulent Uyğunning örniga mavsum yakuniga qadar boş murabbiy etib tayinlangan. U bunga qadar futbolçi sifatida ham «Ar-Rayyan» şarafini himoya qilgan. Soza boş murabbiy bölişidan oldin klubning 23 yoşgaça futbolçilardan iborat jamoasiga ustozlik qilib kelayotgandi.
Matbuot anjumanida Sozaga hamrohlik qilgan 25 yoşli yarimhimoyaçi Muhammad Alaaeldin avvalgi turda «Al-Ittihod»dan qabul qilingan 1:5 hisobidagi mağlubiyatni unutiş muhimligi haqida gapirib ötdi.

«Öyin qiyin bölişiga şak-şubha yöq. Birinçi turda «Al-Ittihod»ga yutqazdik, vaholanki yaxşiroq öynab, durang qayd etişimiz ham mumkin edi. Endi ertangi öyinda yengilişga haqqimiz yöq. Adaşmasam, «Lokomotiv» bilan ilk marta öynayapmiz, bu jamoa bilan töqnaşuvlarni ijobiy boşlay olişimizga umid qilaman.
Butun jamoa yiğilib, gaplaşib oldik – ötgan öyinni unutişimiz kerak. E'tiborimizni oldindagi öyinga qaratganmiz. Oldinda bizni köplab bahslar kutib turibdi», – dedi Muhammad Alaeldin.
Eslatib ötamiz, «Ar-Rayyan»-«Lokomotiv» uçraşuvi 11 mart, duşanba kuni Dohadagi «Jassim bin Hamad» stadionida mahalliy vaqt bilan soat 18:35da (Toşkentda 20:35) start oladi. Unda mezbonlar qizil, mehmonlar oq rangli libosda maydonga tuşadi. Uçraşuv boş hakami – yaponiyalik Hiroyuki Kimura.












