OFK Elit Osiyo Çempionlar Ligasida 5-tur öyinlari boşlandi.

Özbekiston çempioni «Nasaf» öz maydonida Eronning «Traktor» klubi bilan öynadi va 0:1 hisobida yutqazdi. Yagona golga albaniyalik Regi Luşkya mualliflik qildi.

Bu Röziqul Berdiyev jamoasining nufuzli musobaqada qatorasiga beşinçi mağlubiyati böldi. «Nasaf» turnir jadvalida sönggi örinda, «Traktor» 11 oçko bilan peşqadamlar safida boryapti.

«Nasaf» navbatdagi öyinni 23 dekabr kuni safarda Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» klubiga qarşi ötkazadi.

Elit OÇL. Ğarb mintaqasi. 5-tur
24 noyabr, Qarşi, Markaziy stadion
«Nasaf» 0:1 «Traktor» (Eron)
Gol: Regi Luşkya (17)

Boş hakam: Muhammad Nazmiy (Malayziya)

NASAF: Abduvohid Ne’matov, Alibek Davronov, Adenis Şala, Dragan Çeran, Şarof Muhiddinov (Javohir Sidiqov 73), Suhrob Nurulloyev (Stefan Çoloviç 59), Husayn Norçayev (Diyor Abdunazarov 59), Sardor Bahromov, Şuhrat Muhammadiyev, Şerzod Nasrullayev, Umar Eşmurodov

TRAKTOR: Alirizo Beyronvand, Xalilzoda Şujaiy, Aleksandar Sedlar, Tibor Xaliloviç (Mahdiy Turobiy 84), Daniyol Ismoilfar, Sodiq Muharramiy, Mahdiy Hoşiminajod, Odil Hamrobekov, Domagoy Drozdek, Regi Luşkya (Mahdiy Şeriy 68), Amirhusayn Husaynzoda

Ogohlantiriş: Alibek Davronov (73)