Osiyo Çempionlar Ligasi 2 guruh bosqiçidan örin olgan «Andijon» va Turkmanistonning «Arqadağ» klubi örtasidagi bahs durang natija bilan yakunlandi. Uşbu turnir nufuzi jihatidan Osiyo Çempionlar Ligasi Elit musobaqasidan keyingi örinda turadi.
26 noyabr kuni Andijonda ötkazilgan bahsda Ismoil Akinade 63-daqiqada raqib darvozasini işğol qilib, mezbonlarni hisobda oldinga olib çiqdi. Bu «Andijon»ning turnirdagi birinçi goli böldi. Oradan beş daqiqa ötgaç, Didar Durdiyev hisobni tenglaştirdi. Bu «Andijon»ning turnirda ötkazib yuborgan ilk goli böldi.
Bu natijadan söng, «Andijon» 5 oçko jamğardi va guruhda uçinçi örinni egallab turibdi. «Arqadağ» 4 oçko bilan 4-örinda. Qatarning «Al-Ahliy» klubida 7 oçko, Bahraynning «Al-Xolidiya» klubida 6 oçko bor.
«Andijon» turnirdagi sönggi öyinni 24 dekabr kuni safarda Qatarning «Al-Ahliy» klubiga qarşi ötkazadi.
OÇL-2. Guruh bosqiçi, 5-tur
26 noyabr, Andijon
«Andijon» 1:1 «Arqadağ» (Turkmaniston)
Gollar: Ismoil Akinade (63) - Didar Durdiyev (68)
ANDIJON: Mohirbek Komilov, Abduvohid Ğulomov, Ismoil Akinade, Şahzod Azmiddinov, Damir Temirov, Usmonali Ismonaliyev, Doniyor Abdumannopov, Muhammadkarim Toirov, Kristian Novak, Oleg Zoteyev, Bektemir Abdumannonov
ARQADAĞ: Rasul Çoriyev, Guyçimirat Annaguliyev, Mekan Saparov, Didar Durdiyev, Ibraim Mammedov, Velmirat Ballakov, Mirza Beknazarov, Arzuguli Saparguliyev, Yazgiliç Gurbanov, Şamammet Xidirov, Ahmet Atayev












