2019 yil 11 mart kuni Özbekiston Milliy aviakompaniyasining uçoqlar parki Airbus A320neo (New Engine Option – yangi talqindagi dvigatelli) samolyoti bilan töldirildi. Airbus kompaniyasining A320 oilasiga tegişli uşbu rusumdagi samolyoti özining iqtisodiy jihatdan samaradorligi bilan ajralib turadi.
Dastlabki nusxasi 2014 yilda namoyiş etilgan Airbus A320neo layneri ikki toifali komponovkada işlangan. Samolyot bortida biznes toifada 12 ta örin, ekonom toifada 138 ta örin mavjud (Airbus kompaniyasining rasmiy saytiga köra maksimum siğim 180 örindan oşişi mumkin).

Jahon aviabozorida Boeing kompaniyasining 737 Max rusumli samolyoti bilan raqobatlaşuvçi layner CFM International LEAP-1A yoki Pratt & Whitney PW1100G dvigatellari bilan ta'minlanişi mumkin.
«Özbekiston havo yöllari»ning yangi samolyoti esa yoqilğini tejovçi CFM International LEAP-1A dvigateli va aerodinamik xususiyatlarni yanada yaxşilaş imkonini beruvçi fyuzelaj konstruksiyasidagi zamonaviy işlanmalar bilan ta'minlangan. Bu jihatlar laynerni oldingilariga nisbatan 20 foizga tejamliroq qiladi.
Şuningdek, samolyotda örnatilgan yangi dvigatellar va şarkletlar hisobiga havoga CO va NO çiqindilari nisbatan kam ajraladi.
Hamburg-Toşkent yönalişida yetib kelgan laynerning parvoz masofasi 5 ming kilometrni öz içiga oladi (Airbus rasmiy saytiga köra bu masofa 6300 km gaça yetişi mumkin).
«Özbekiston havo yöllari» Milliy aviakompaniyasi 2 dona Airbus A320neo rusumidagi avialayneri keltirilişi töğrisidagi şartnomani 2017 yilda imzolagan. Aerobuslarning ikkinçisi aprel oyining boşida keltiriladi.
Yangi havo laynerining ilk parvozi qaysi yönalişda amalga oşirilişi hali oçiqlanmagan.
Ma'lumot uçun, Airbus A320neo samolyotining ilk xaridori Germaniyaning Lufthansa, MDH davlatlari orasida esa Qozoğistonning Air Astana aviakompaniyasi bölgan. Airbus A320 oilasiga mansub Airbus A320neo samolyotining taxminiy narxi 102 mln. AQŞ dollaridir.







