Joriy yilning 23-26 mart kunlari Samarqand şahrida ilk bor “Qizlarjon” öquvçi-qizlar sammiti bölib ötadi.
Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Xotin-qizlar qömitasi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi hamda Samarqand viloyati hokimligining hamkorligida ötkazilmoqda.
Mazkur sammit öquvçi-qizlarning zamonaviy bilim va könikmalarini rivojlantiriş, ijtimoiy-siyosiy faolligini oşiriş, kasb-hunarga örgatiş, şuningdek milliy urf-odat va an'analar ruhida tarbiyalaş, oilaviy hayotga tayyorlaş, ilğor tajribalarini ommalaştiriş va qöllab-quvvatlaş kabi maqsadlarni közlab umumta'lim maktablari öquvçilari örtasida “Ilm-fan – kelajak poydevori” şiori ostida taşkil etiladi.
Sammitda Respublika böyiça har bir hududdan 10 nafardan 14-18 yoşdagi 8-11 sinf öquvçi-qizlar quyidagi yönalişlar böyiça iştirok etişi mumkin:
- “Qizlarjon” klubi koordinatorlari;
- xalqaro va respublika fan olimpiadalari ğoliblari;
- hunarmandlik bilan şuğullanayotgan öquvçi-qizlar;
- innovatsion ğoyalar muallifi bölgan öquvçi-qizlar;
- AKT sohasi bilan şuğullanuvçi öquvçi-qizlar;
- fanlarni a'lo baholarga özlaştirgan öquvçi-qizlar;
- fanlarni a'lo baholarga özlaştirgan mehribonlik uyi tarbiyalanuvçilari;
- Özbekiston yoşlar ittifoqining hududiy sardorlari;
- profilaktik hisobdagi öquvçi-qizlar (tarbiyasi yaxşilanayotgan).
Öquvçi-qizlar suhbat asosida ijtimoiy jarayonlardagi faolligi, Vatani tarixi va buguni haqida ma'lumotga egaligi, xorijiy tillarni mukammal bilişi, liderlik könikmalari şakllanganligi, ta'lim, ijtimoiy sohalardagi xorij tajribasi bilan tanişligi, tanqidiy va tahliliy tafakkurining rivojlanganligi inobatga olingan holda saralanadi.
Sammit doirasida öquvçi-qizlar bilim-könikmalarini rivojlantirişga qaratilgan turli mahorat darslari, tadbirlar va TED-Ed klublarini taşkil etiş va yuritiş sirlari, Soft skills könikmalari, Zamonaviy AKT imkoniyatlari va ularni hayotga tadbiq etiş usullari, Innovatsion menejment, marketing va PR orqali investitsiyalarni jalb etiş kabi mavzulardagi treninglarda iştirok etadi.












