Venesuelaning muxolifat nazoratida bölgan parlamenti 11 mart kuni öz yiğilişida mamlakatda energetik tizimdagi muammolar ortida favqulodda vaziyat tartibini kiritişni ma'qulladi.
VivoPlay kanalining ma'lum qilişiça, parlament spikeri Xuan Guaydo tomonidan kiritilgan taşabbus bir ovozdan qabul qilingan. Favqulodda vaziyat tartibi 30 kun yana şunça vaqtga uzaytiriş imkoni bilan amal qiladi.
U mamlakat qurolli kuçlari infratuzilmaga va elektr energiya milliy korporatsiyasi xodimlariga ta'mirlaş işlarini qarşiliklarsiz bajara olişlarida zaruriy himoyani ta'minlaşi kerakligini közda tutadi. Şuningdek, xavfsizlik kuçlariga elektr tarmoqlarining “ayançli” holatiga qarşi namoyişlarni tarqatmaslik buyurilgan.
Mamlakatning xorijdagi diplomatik vakillariga elektr energetikadagi inqirozni yengiş uçun xalqaro texnik yordamni muvofiqlaştiriş maqsadida aloqaga kirişiş buyurilgan. Davlat hokimiyati idoralariga elektr ta'minotidagi vaziyatdan kelib çiqib xodimlarning iş jadvalini örnatiş zarurligi körsatilgan.
Elektr ta'minotining avtonom manbalari işlaşini ta'minlaş uçun yonilğini tejaş, Kubaga neft va undan olingan mahsulotlarni yetkazişga taqiqlov kiritiş alohida band bilan kiritilgan.
Venesuelaning köplab ştatlarida elektr ta'minoti bilan boğliq muammolar 7 mart kuni mamlakatdagi eng yirik GESdagi avariya sababli boşlangandi.













