Joriy yilning 14 mart kuni Toşkent şahrining Çilonzor tuman IIBga tuşgan hujjatlarga köra, Yunusobod tumanida yaşovçi K.A. va Şayxontohur tumanida yaşovçi T.J. fuqaro M.R.ga Çilonzor tumanidagi “Flamingo” restorani oldidagi böş yer maydoniga egalik huquqini beruvçi qarorni çiqartirib berişni va'da qilgan.

Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, ular 2017 yil sentabr oyidan 2018 yil noyabr oyigaça bölgan vaqt oraliğida undan 540 000 AQŞ dollarini olib, bergan va'dasini bajarmay, pullarni ham qaytarib bermaganlar.

Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, K.A. va T.J.lar qölga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.