Buxoro viloyat hokimligi hamda viloyat davlat soliq boşqarmasi tomonidan maxsus aksiya ötkazilmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati davlat soliq boşqarmasi Jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot şö'basi xabar qilmoqda.

Mazkur aksiyaning e'tiborli tomoni şundaki, unda iştirok etuvçilar, ya'ni faoliyatini 2019 yilning 1 martidan boşlab qonuniylaştirgan norasmiy işçilar, tadbirkorlar va iş beruvçilarga qimmatbaho yutuqlar topşiriladi.

Xabar qilinişiça, iştirokçilar uçun dazmol, mobil telefon, çangyutgiç, elektr çoynak, mikrotölqinli peç, televizor, muzlatgiç va velosipedlar sovğa sifatida hozirlab qöyilgan.

Mazkur aksiyada 2019 yilning 1 martidan boşlab norasmiy mehnat faoliyatini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yangidan mehnat şartnomasi tuziş orqali qonuniylaştirganiga kamida 2 oy tölgan norasmiy işçilar, yangidan davlat röyxatidan ötganiga yoki faoliyatini tiklaganiga kamida 2 oy tölgan tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va faoliyatini qonuniy rasmiylaştirganiga kamida 2 oy tölgan norasmiy işlayotgan fuqarolarning iş beruvçisi iştirok etişi mumkin. 

Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faoliyatini qonuniylaştirgan şaxs mehnat daftarçasi va pasportidan hamda yangidan davlat röyxatidan ötgan yoki faoliyatini tiklagan tadbirkorlar esa tadbirkorlik guvohnomasining nusxasini şuningdek, iş beruvçilar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda işga qabul qilingan işçilarining ismi şarifi, STIR raqami, işga qabul qilinganligi töğrisidagi buyruq nusxasi viloyatning hududiy davlat soliq inspeksiyalari va aholi bandligiga kömaklaşiş markazlariga taqdim etilişi şart.

Aksiyaning 1-turi joriy yil 5 iyun kuni, 2-turi 4 sentabr kuni, 3-turi esa 6 dekabr kuni bölib ötadi.