OAV maʼlumotlariga köra, Goldman Sachs kompaniyasining 25 yoşli xodimi Darren Şida Çjou özining sobiq sevgilisini öğirlaş, zörlaş va öldirişni rejalaştiriş uçun ChatGPT bilan maslahatlaşgan. U jinoyatni sodir qilgaç, özini öldirişni ham rejalaştirgan.

OpenAI kompaniyasi xavfsizlik tizimi uşbu yozişmani avtomatik ravişda ehtimoliy xavfli deb topgan. Şundan söng uni OpenAI mutaxassislari tekşirgan va aynan ular maʼlumotni huquq-tartibot idoralariga topşirişga qaror qilgan. ChatGPT özi mustaqil ravişda politsiyaga jinoyat haqida xabar bermagan.

Maʼlumotni olgaç, FQB va mahalliy huquq-tartibot idoralari tergov işlarini boşladi. Yakunda Çjou hibsga olindi.

Tergov, şuningdek, erkak ayriliqdan söng turli telefon raqamlari va akkauntlardan foydalanib, sobiq sevgilisini bir neça bor taʼqib qilganini ham aniqladi.

Çjou uçta jinoiy ayblov böyiça öz aybiga iqror böldi: qotillik yoki oğir tan jarohati yetkaziş bilan tahdid qiliş; jiddiy tahdid bilan taʼqib etiş; jinoyat sodir etiş maqsadida aloqa vositasidan noqonuniy foydalaniş.

Sudya jinoyat işi böyiça rasmiy hukm çiqarmasdan, unga 8 yillik probatsiya (sinov muddati) tayinladi.

Bu voqea sunʼiy intellekt tizimlaridan zöravonlik xavfini barvaqt aniqlaşda qanday foydalaniş mumkinligiga misollardan biri böldi. Şu bilan birga, u foydalanuvçilarning sunʼiy intellekt bilan yozişmalarining maxfiylik çegaralari masalasini yana bir bor kun tartibiga olib çiqdi.