O‘zida ayollar uchun zamonaviy xizmat va mahsulotlarni jam qilgan Five roses universal go‘zallik markazi bir necha yo‘nalishda nozik did sohibalariga sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Poytaxtimizda joylashgan ushbu yirik markaz 16 oktabr kuni o‘zining 1 yoshini nishonladi. Shu munosabat bilan «Five roses» go‘zallik markazida xaridorlar va mehmonlar uchun tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi.

«Aslida Five roses go‘zallik markazimiz o‘tgan yilning 16 mart kuni ochilgan edi. Uning bir yoshini ham shu yilning mart oyida nishonlashni rejalashtirgandik. Ammo ko‘ryapsiz, pandemiya rejalashtirilgan juda ko‘p rejalarni ortga surdi yoki umuman to‘xtatib qo‘ydi. Nihoyat, bugunga kelibgina bu tadbirni tashkil qila oldik», – deydi markaz direktori Abdumajid Nurmuhammedov.

Markaz rahbari o‘tgan vaqt davomida Five roses o‘zining sifatni qadrlovchi doimiy mijozlariga ega bo‘lib borayotganini ham qo‘shimcha qildi.

«Ha, pandemiyaning har bir faoliyatga ta'siri bor, ammo markazimiz nima bo‘lgan taqdirda ham ko‘rsatiladigan xizmatlar hamda dunyoning yuksak sifatli mahsulotlari bilan go‘zal ayol-qizlarimizga xizmat ko‘rsatishda davom etadi. Shu maqsadda biz jahon miqyosida yuqori baholanuvchi turli brend firmalarning parfyumeriya, kosmetika va boshqa gigiyenik mahsulotlari, zargarlik buyumlari, ayollar sumkalari shuningdek, sifatli, bejirim hamda barcha mavsumlar uchun oyoq kiyimlarni mijozlarning manziliga yetkazib berish xizmatini ham yo‘lga qo‘ydik. Bu orqali esa ular biz uchun qanchalik qadrli ekanligini bildiramiz», – dedi u.