Bolgariya poytaxti Sofiyada hukumatdan norozi bölgan odamlar parlament binosi oldida töplanişgan, politsiya esa ularni töxtatişga harakat qilgan. Vaziyat keskinlaşgaç, politsiyaçilar namoyişçilarga qarşi közni yoşlatuvçi gaz qöllaşga qaror qilişgan.

Biroq politsiyaçilardan biri gazni purkaş vaqtida kuçli şamolni hisobga olmagan va u purkagan gaz ortga yönalib politsiyaçilarning yuziga tekkan. Ular közlarini yuviş uçun ortga çekinkanganlar. Bu vaqt namoyişçilar bölayotgan hodisalarni hayratlangan holda kuzatib turişgan.

OAV ma'lumotlariga köra, parlament oldiga kelgan odamlar namoyiş haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali kelişib olişgan. Ular korrupsiyani yöq qiliş va mamlakatda demokratiyaga erişiş uçun referendum ötkazilişini talab qilişmoqda.