Özbekiston Respublikasi Prezidenti “Birlaşgan Arab Amirliklari fuqarolari uçun Özbekiston Respublikasiga kiriş rejimini yanada soddalaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matni ÖzA tomonidan keltirilgan.
Farmon bilan 2019 yil 20 martdan boşlab Birlaşgan Arab Amirliklari fuqarolari uçun Özbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan e'tiboran 30 kun muddatga vizasiz rejim belgilandi.
Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi Özbekistonga iş yuzasidan keladigan Birlaşgan Arab Amirliklari fuqarolariga Özbekiston Respublikasidagi taklif qilayotgan yuridik şaxsning Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligiga murojaat etişi talabi bekor qilingan holda, bir yil muddatgaça bölgan köp martalik vizalarni Özbekiston Respublikasining çet eldagi muassasalarida hujjatlar qabul qilingan kun hisobga olinmasdan 3 iş kuni mobaynida rasmiylaştiradi.
Quyidagilar öz kuçini yöqotgan deb hisoblanadi:
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi PF–5611-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2019 yil 1 fevraldan boşlab fuqarolari elektron kiriş vizasini oliş imkoniyatiga ega bölgan mamlakatlar röyxatining 32-bandi;
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 iyuldagi PQ–3836-son qarori bilan tasdiqlangan 2018 yil 1 iyuldan boşlab fuqarolariga Özbekiston Respublikasiga vizasiz tranzit kiriş, vaqtinçalik böliş va çiqiş tartibi belgilangan mamlakatlar röyxatining 62-bandi.
Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasining boş vaziri A.N.Aripov, Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengaşi kotibi V.V.Mahmudov va Özbekiston Respublikasi boş vazirining örinbosari A.A.Abduhakimov zimmasiga yuklandi.












