Dushanbe şahar hokimi Rustam Imomali ötgan hafta oxirida Duşanbeda Navröz bayramini nişonlaşda iştirok etiş uçun Tojikiston poytaxtiga qardoş bölgan dunyodagi 17ta şahar hokimiga taklifnoma yubordi, deb xabar qilmoqda «Aziya-Plyus» Dushanbe şahar ma'muriyatiga asosan.
Dushanbe şahar hokimining taklifnomasi quyidagi şaharlar rahbarlariga yuborildi: Lusaka (Zambiya), Sano (Yaman), Monastir (Tunis), Lahor (Pokiston), Klagenfurt (Avstriya), Boulder (AQŞ), Roytlingen (Germaniya). Bundan taşqari: Mozori-Şarif (Afğoniston), Tehron (Eron), Şeroz (Eron), Sankt-Peterburg (Rossiya), Minsk (Belarus), Urumçi (Xitoy), Anqara (Turkiya), Syamen (Xitoy), Aşxobod (Turkmaniston) va Çindao (Xitoy).
Şuningdek, Rustam Imomali Moskva va Toşkent şahar ma'muriyatlariga taklifnoma jönatdi.
21 mart kuni Tojikiston tarixida ilk bor Navröz şarafiga bağişlangan bayramona karnaval Dushanbe markaziy maydonida bölib ötadi.
Kutilişiça, unda butun mamlakatdan hunarmandlar, masxarabozlar, ijroçilar, raqqoslar iştirok etadi - jami 26 ming kişi.
Şu kuni Duşanbedagi barça madaniyat va istirohat boğlari hamda şahardagi mikrorayonlarda ommaviy sayillar bölib ötadi. Şahar hokimligi konsertlar, körgazmalar, viktorinalar, musobaqalar taşkil etadi.












