Prezident Şavkat Mirziyoyev 4-noyabr kuni mamlakatimizga rasmiy taşrif bilan kelgan Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning öğli, Majlisi oliy Majlisi milliy raisi Rustam Imomalini qabul qildi.
Muloqot çoğida Özbekiston – Tojikiston döstlik, yaxşi qöşniçilik, strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini, jumladan, ikki mamlakat parlamentlari hamkorligi doirasida yanada rivojlantirişning dolzarb masalalari körib çiqildi.
Barça yönalişlardagi hamkorlik jadal surʼatlarda rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Özaro savdo va yuk taşiş hajmlari ortib bormoqda. Sanoat, quriliş, energetika, qişloq xöjaligi, elektrotexnika va boşqa sohalarda kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oşirilmoqda. Qöşma Investitsiya kompaniyasi samarali faoliyat yuritmoqda.
Poytaxtlar va hududlar örtasida töğridan-töğri aloqalarni rağbatlantiriş, madaniy-gumanitar, taʼlim va turizm sohalaridagi almaşinuvlarni kengaytiriş muhimligi taʼkidlandi.
Oliy darajada erişilgan kelişuvlar va qöşma taşabbuslarni ilgari surişda qonunçilik organlarining rolini oşiriş, bu borada parlamentlararo komissiyalar, döstlik guruhlari hamda sohaviy qömitalar faoliyatini faollaştirişga alohida eʼtibor qaratildi.
Uçraşuv yakunida Özbekiston yetakçisi Rustam Imomalini ikki mamlakat örtasidagi strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini mustahkamlaşdagi katta xizmatlari, parlamentlararo muloqotni kengaytiriş borasidagi samarali faoliyati uçun davlatimizning yuksak mukofoti – «Fidokorona xizmatlari uçun» ordeni bilan taqdirladi.












