Qozoğiston Senati raisi Qosim-Jomart Tokayevning mamlakat prezidenti lavozimiga kirişişi böyiça tadbir parlament palatalari qöşma yiğilişida bölib ötmoqda.

Unda Qosim-Jomart Tokayev Ostona şahri nomini Nursulton deb özgartirişni taklif qildi.

Foto: Sputnik/RIA «Novosti»

«Bizning buyuk zamondoşimiz - Qozoğiston Respublikasi Birinçi Prezidenti Nursulton Abişeviç Nazarboyevning nomini quyidagi tarzda abadiylaştiriş kerak: bizning poytaxt Prezidentimiz nomini olişi hamda Nursulton deb atalişi lozim. Şuni qöşimça qilmoqçimanki, bunday taklif 2016 yil 23 noyabrida Qozoğiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan qabul qilingan deklaratsiyada parlamentariylar tomonidan ilgari surilgan», - dedi Tokayev prezident lavozimiga kirişganidan söng.

Bundan taşqari, Tokayev Nazarboyevni davlatda mavjud bölgan barça yuksak unvonlar bilan taqdirlaşni taklif qildi.

Şuningdek, Tokayevning fikriça, Nazarboyevga «faxriy senator» maqomini beriş, Qozoğiston birinçi prezidentining barça suratlari esa davlat idoralarida majburiy tarzda osib qöyilişi lozim.