Toşkent viloyatining Zangiota tumanida turmuş örtoği va ikki nafar ögay farzandini öldirişda gumon qilingan şaxs Zomin tumanida qölga olindi. Bu haqda boş prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

«2019 yil 17 mart kuni Toşkent viloyati, Zangiota tumani, Xuşröy köçasi, 13-uyda yaşagan N.A. (ayol kişi, 1972 yilda tuğilgan) va uning birinçi turmuşidan bölgan farzandlari H.N. (1994 yil) va Ş.N. (1995 yil)larning murdalari kökrak qafasi, öpka va yurakka sançilib kirgan oğir tan jarohatlari bilan topilgan.

Voqea joyiga tezkor tergov guruhi yetib borgan hamda keçiktirib bölmaydigan tergov harakatlari ötkazilib, sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Hodisa sodir bölgan joyni közdan keçiriş davomida xonadonga örnatilgan kuzatuv kamerasining xotira qurilmasi (hard disc) aşyoviy dalil tariqasida olinib, undagi video tasvirlar közdan keçirilganida, uşbu qotillik jinoyati N.A.ning şa'riy nikohdagi turmuş örtoği I.X. tomonidan sodir etilgani aniqlangan.

Mazkur jinoyat işi yuzasidan Jizzax viloyati prokuraturasi va viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda gumon qilinuvçi I.X. Zomin tumanida qölga olingan», deyilgan xabarda.

I.X.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «a» va «j» bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergovning borişi ustidan Boş prokuratura tomonidan alohida nazorat örnatildi.