Jazoir taşqi işlar vaziri Ramtan Lamamra amaldagi prezident Abdulaziz Butafliqa yangi prezident saylovlaridan keyin öz lavozimini tark etişini tasdiqladi.

Uning aytişiça, saylovlar muddatini mustaqil milliy anjuman belgilaydi, u milliy anjuman va yangi konstitutsiya qabul qilingandan keyin bölib ötadi.

Butafliqa 11 mart kuni mamlakatda yuz berayotgan siyosiy inqirozdan çiqiş böyiça murojaatida saylovlarda iştirok etmasligini ma'lum qilgan.

“Bu vaqtgaça Butafliqa mandati yakunlanadi va davlat rahbari vakolatlari Jazoir xalqi tanlaydigan odamga beriladi”, deb aytgan Lamamra.

Uning ta'kidlaşiça, inqirozli vaziyatni tartibga oliş uçun barça siyosiy tomonlar va fuqarolik jamiyati bilan muloqot olib boriş lozim.

82 yoşli Butafliqa mamlakatda unga qarşi ötayotgan namoyişlar ortida beşinçi muddatga saylanişdan boş tortgan, biroq prezident saylovlarini keyinroqqa qoldirib va vazirlar mahkamasini şakllantiriş böyiça umummilliy anjuman boşlanişini e'lon qilib öz vakolatlarini yana bir yilga uzaytirgan.