Rossiyaning Ukraina hududidagi Birlaşgan qöşinlar guruhining sobiq qömondoni, armiya generali Sergey Surovikin hozirda Jazoirda işlayotgani ma’lum böldi. Bu haqda harbiy mavzularni yoritib boradigan Telegram kanallar xabar bermoqda.

Ular 9 may – Ğalaba kuni munosabati bilan Rossiyaning Jazoirdagi elçixonasi tomonidan e’lon qilingan suratlarga e’tibor qaratgan. Uşbu suratlarda Surovikin ham aks etgan.

Elçixona xabarida generalning ismi tilga olinmagan, biroq uning «rossiyalik harbiy mutaxassislar guruhi rahbari» sifatida lavozimi keltirilgan.

Surovikin 2023 yil yozda Yevgeniy Prigojinning isyonidan keyin ommaga köriniş bermay qöygan. OAVda general isyondan oldinroq xabardor bölgani, şuningdek, uning hibsga olingani haqida miş-mişlar tarqalgan edi. Uşbu ma’lumotlar rasman tasdiqlanmagan.

Surovikin 2022 yil oktyabrdan 2023 yil yanvarga qadar Rossiyaning Ukrainada Birlaşgan qöşinlar guruhini boşqargan. Xususan, uning rahbarligi ostida rossiyalik harbiylar Xersonni taşlab, Dneprning ğarbiy qirğoğiga çekingan.

2025 yil fevralda Rossiya Davlat dumasining mudofaa böyiça qömitasi a’zosi Viktor Sobolev Surovikin Afrika davlatlarining birida «harbiy maslahatçi sifatida» işlayotganini ma’lum qilgan edi.