9 iyun, duşanba kuni jamoatçilik faollarini özida jamlagan avtobuslar va yengil avtomobillardan iborat karvon Tunis poytaxtidan Ğazoga qarab yölga çiqdi. Faollar bu marş orqali bölğaga insonparvarlik yordami kirib borişiga Isroil tomonidan bölayotgan tösqinlikka urğu qaratmoqçi.

9 iyunga ötar keçasi bortida taniqli ekofaol Greta Tunberg va boşqalar bölgan, Ğazoga insonparvarlik yordami olib ketayotgan kema Örta Yer dengizida Isroil kuçlari tomonidan qölga olingan edi. Şu kuni ayni maqsadni közlagan boşqa bir aksiya iştirokçilari Ğazoga qarab endi quruqlikdan yölga çiqdi.

8 iyun kuni Jazoirdan yölga çiqqan karvon – Şimoliy Afrikada yaşovçi huquqşunoslar, şifokorlar, talabalar va boşqa turli soha vakillarini özida jamlagan. Ular Tunis, Liviya va Misr hududlaridan ötib, Misr–Ğazo çegarasidagi Rafah nazorat-ötkaziş punktiga yetib borişmoqçi. Bu punkt 2024 yil may oyida Isroil harbiylari qöliga ötganidan beri deyarli oçilayotgani yöq.

Karvonni taşkillaştirgan Tunis fuqarolik jamiyati guruhlariga köra, ular şu yöl bilan “adolatsiz qamalning zudlik bilan bekor qilinişi”ni talab qilişmoqda.

Ularning ta’kidiça, arab davlatlari Isroil va Hamas örtasida 20 oydan beri davom etayotgan uruşni tugatiş uçun yetarliça amaliy harakat qilmagan.

Hamasga bosim ötkaziş uçun Ğazoni 2,5 oy qattiq blokada qilgan Isroil ötgan oyda insonparvarlik yordamlarining ba’zilarini ötkaza boşladi. Şunga qaramay, ekspertlarga köra, Isroil blokadani va uruşni töxtatmasa, 2 milliondan ortiq aholi yaşovçi Ğazoda oçlikni bartaraf etib bölmaydi.

Şimoliy Afrika böylab Falastin davlati bayroğini hilpiratgança yöl bosayotgan karvon Jazoir va Tunis jamiyatlarida keng e’tibor markaziga tuşdi.

“Karvondan maqsad – Ğazodagi xalqimizga töğridan töğri murojaat qiliş va: “Sizlar yolğiz emassizlar, sizning oğriqlaringiz – bizning ham oğriğimiz” deyişdir”, – deya yozgan karvonning jazoirlik taşkilotçilaridan biri Yahyo Sarri.

Karvon Livan hududiga ötişdan oldin Tunis janubidagi şaharçalarda töxtab, qöşimça tarafdorlar bilan safini uzaytirişni közlamoqda.

Avvalroq “Ozodlik flotiliyasi” taşabbusi doirasida 12 nafar yevropalik faol, xususan şvetsiyalik ekofaol Greta Tunberg, Yevroparlamenti deputati Rima Hassan va yana 10 kişi Italiyaning Sitsiliya orolidan Ğazoga qarab Örta Yer dengizi orqali yölga çiqqan, kemaga falastinliklar uçun insonparvarlik yordami ortilgan edi.