Jazoir parlamenti bir ovozdan Fransiya mustamlakasini jinoyat deb e’lon qiluvçi qonunni qabul qildi. Hujjatda Fransiya «Jazoirdagi mustamlakaçilik ötmişi va u keltirib çiqargan fojialar uçun qonuniy javobgar» ekani qayd etilgan, deb yozdi Al-Jazeera.

Tarix va xotira böyiça milliy komissiya koordinatori Muhammad Lahsin Zajidiy Fransiyaning Jazoirni mustamlakaga aylantirişi jinoiylaştirilişini tarixiy lahza deb atadi. Jazoir Millat kengaşi (mamlakat parlamentining yuqori palatasi) spikeri Azzuz Nosiriy ham qarorga xuddi şunday izoh berib, qonunning qabul qilinişi «adolatni mustahkamlaydi» va öz suvereniteti va daxlsiz huquqlariga heç qanday tajovuzni qabul qilmaydigan «Jazoir xalqi qurbonlarini oqlaydi» deb ta’kidladi.

Ovoz berişdan oldin parlament spikeri Ibrohim Bujaliy bu «Jazoirning milliy xotirasi öçirilmasligi yoki muhokama qilinmasligi haqida mamlakat içida ham, uning taşqarisida ham aniq signal» bölişini aytdi, deb yozdi Al-Jazeera. Qonun qabul qilingandan söng, deputatlar milliy bayroq gullarini örab, «Yaşasin Jazoir!» deb hayqirdilar va qonun loyihasining qabul qilinişini olqişladilar.

Jazoir 1830 yildan 1962 yilgaça yuz yildan ortiq vaqt davomida Fransiyaning mustamlakasi bölgan. 1954 yildan 1962 yilgaça davom etgan milliy-ozodlik uruşi natijasida mamlakat Fransiyadan mustaqillikka erişdi.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 2023 yilda mustamlakani «insoniyatga qarşi jinoyat» deb atadi, ammo Jazoir bir neça bor talab qilganidek, keçirim söraşdan boş tortdi. Bölajak ovoz berişdan oldin Fransiya Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Paskal Konfavryo «xorijiy mamlakatlarda bölib ötayotgan siyosiy munozaralarga» izoh bermasligini ma’lum qildi.