Yurtda Navröz tantanalari bölib ötmoqda. Bayramlarga esa qöşiqçilar, raqqos, askiyaçi va söz ustalari fayz kiritadi. Bunday kunlarda taniqli san'atkorlar imkoni boriça köproq tadbirga borib xalq könglini olişga harakat qiladilar. Albatta, tekinga emas. Bundan taşqari, san'at vakillarining gastrol-konsert faoliyati yuritişlari uçun tegişli muassasa - “Özbekkonsert”dan litsenziya, ya'ni ruxsatnomasi bölişi ham zarur.
17 mart kuni, Andijon viloyat Böz tumani hokimligining Feysbuk ijtimoiy tarmoğidagi “Böz Tumani Birinchi Sektor” va Telegram messenjerida ham xuddi şu nom bilan yuritiluvçi sahifalarida tumanda Navröz bayrami tantanalari bölib ötgani va konsert dasturi davomida “Bravo” guruhi çiqişlar qilgani aytildi.

Jumladan, xabarda “Bayramda taniqli san'atkorlar va hozirgi kunda köp sonli muxlislariga ega bölib ulgurgan "Bravo" jamoasi iştirok etib, yiğilganlarga a'lo kayfiyat ulaşdi”, deyilib, guruh a'zolaring dastur davomidagi çiqişlari aks etgan fotosuratlar taqdim etilgan. Unda jamoaning uç vakili - Ahmad Temirov, Umid Umarov va Otabek Mirzaxolovlarning birgalikdagi ijro jarayoni aks etgan.

Ijtimoiy tarmoqdagi xabar va suratlar ostida foydalanuvçilar: “Bravo”ning litsenziyasi olib qöyilmaganmidi?” degan savollar qoldirgan.
Aslida, bayram kunlari san'atkorlarning ayniqsa, “Bravo” jamoasining xalq xizmatida bölib, çiqişlar qilişiga heç kimning e'tirozi yöq. Faqat, litsenziyasidan mosuvo qilingan guruh a'zolari tegişli qoidalarni buzayotgani, “Özbekkonsert” tomonidan qöyilgan taqiqni pisand qilmayotgani taajjublanarli..
Bu holatni körgan fuqarolarda: “muassasa litsenziyani bekor qilsa ham, san'atkor bayram va töylarda xizmat qilaverişi mumkin ekan” mazmunidagi xulosa paydo böladi.

Bilamizki, guruhning eng faol a'zolaridan biri Otabek Mirzaxolov Andijon viloyatining Böz tumanidan.
Bu holat böyiça “Özbekkonsert” taşkiloti litsenziya bölimi xodimi bilan suhbatlaşganimizda, mas'ul şaxs tegişli qarorga asosan litsenziyadan mahrum qilingan san'atkorlarning bayram va boşqa tadbirlarda iştirok etişi ma'n qilinişini bildirib, agar şunday holat aniqlansa, san'atkorlarga nisbatan tegişli çora qöllanilişini bildirdi. “Afsuski, joylarda ötkazilayotgan barça tadbirlarni nazorat qilişning iloji yöq. Viloyat bölimlarimizda işlaydigan xodimlar soni çeklangan. Lekin, şunday holat aniqlansa, albatta çora köriladi”, deydi mutasaddi.

Şuni aytib ötiş lozim, “Bravo” yigitlari mazkur konsertda aynan guruh tarkibida (trio bölib) çiqiş qilişgan.
Özbek tomoşa san'ati vakillarining quyuşqondan çiqayotgani töğrisida ötgan ikki oy juda köp yozildi. Ayniqsa, “Bravo” guruhi va aktrisa Halima Ibragimovaning xatti-harakatlari jamoatçilik örtasida katta şov-şuvlar keltirib çiqardi.
“Özbekkonsert” davlat muassasasi rahbari Odiljon Abduqahhorov fevral oyi boşlarida “Bravo” guruhining konsert dasturida oilaviy davrada körib bölmaydigan qöpol hazillar mavjudligi, muassasaga ssenariy topşirilganida bunday hazillar körsatmay ketilganini bildirib, guruhning litsenziyasi bekor qilinişi haqida aytgandi.

Bu voqeadan oldin, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari Alişer Qodirov «Bravo» guruhining konsert dasturi böyiça öz mulohazalarini bildirgan va guruhning konsert dasturi böyiça Markazga bir neçta murojaat bölganini bildirgan edi.
Bu orada aktrisa Halima Ibragimovaning ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar bilan «gap talaşuvlari», xususan «Instagram» sahifasida özining haqligini isbotlaş va boşqalarga «munosib» javob beriş uçun gapirgan haqoratomuz sözlari tarqalib ketganidan xabaringiz bölsa kerak.
Şunday qilib, 26 fevral kuni «Özbekkonsert» davlat muassasasi tomonidan «Turkiston» san'at saroyining majlislar zalida «Badiiy söz san'ati va sahna mas'uliyati» mavzusida davra suhbati ötkazildi. Tadbir davomida «Özbekkonsert» bilan tuzgan litsenziya talablari va şartlari qöpol ravişda buzilgani, ya'ni ötkazilgan konsert dasturlarida Muassasaga topşirilgan ssenariydan çetga çiqib, milliy urf-odatlarimiz, odob-ahloq, ma'naviy qadriyatlarga yot bölgan, fahşni tarğib qiluvçi hajviyalar orqali özbek söz san'ati obrösiga putur yetkazayotgani, ijtimoiy tarmoqlarda san'atkor odobiga rioya etmagani uçun söz ustalari «BRAVO» va Ibragimova Halima Ubaydullayevnalarning litsenziyalari «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalaş töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi qonunining 23-moddasi hamda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 37-bandiga asosan 2019 yilning 26 fevral kunidan amal qilişi tugatildi.
Yuqorida aytilganidek, bayram san'atkorlar bilan bayramdek ötadi. Ularning tantanalarda iştirok etib, davraga fayz kiritişlariga heç qanday e'tirozimiz yöq. Faqat, özining mas'uliyatsizligi oqibatida litsenziyasi olib qöyilgan san'atkorning öziga xos jazolanişi jiddiy nazoratga olinsa, ertangi kun ana şunday xatolar bölmasligiga ijobiy ta'sir qiladi, degan umiddamiz.
Elbek Husanjonov










