«Bravo»ni sökma! U aqli yetganini qöyadi. Özbek sahnasining egasi kim?
|21:36 / 12.02.2019250 19911 min
Asli, «Bravo» guruhining dasturi haqida ehtiroslarim biroz sönganidan keyin yozayotganim yaxşi böldi.
Bir-ikki hafta davomida ijtimoiy tarmoq ahli «Bravo»ni sökiş bilan maşğulligiga hayron bölganim rost. Minglab postlar aynan mazkur tomoşa haqida edi. Eng qiziği, xafa bölib yozayotganlar öşa guruh çiqişlarini körgan va keyin keskin fikr bildirgan. Fikrlarni öqib-öqib, asta-sekin «Bravo» a'zolariga rahmim kela boşlagani ham bor gap.
Töğrisi, «Bravo»ning çiqişlariga salbiy fikr bildirganlar soni juda köp bölganiga qarama-qarşi holatda ularning çiqişlarini internetda kuzatgan va diskini sotib olib körganlar soni ham möldan-möl edi. Ğalati holat. Xöş, guruhning çiqişlariga qanday baho beriş mumkin?
San'atşunos taqrizçilar «Bravo» tomonidan «Xalqlar döstligi» saroyida taqdim etilgan, söng keng ommaga televideniye orqali namoyiş etilgan konsert dasturi haqida heç qanday fikr bildirişmadi. Balki töğridir... Bu tomoşa bilan haqiqiy san'at örtasida toğdek masofalar mavjud. Haqiqatan, ularni «Kulgi darğalari» deyiladigan – Soyib Xöjayev, Ergaş Karimov, Muhiddin Darveşov, Rustam Hamroqulov, Hojiboy Tojiboyevlar bilan soliştirişning özi nojoiz.
Yuqoridagi san'at ustalari jamiyat va insonlardagi kamçiliklar ustidan kulgan bölsa, «Bravo»çilar esa özlari «böyi va aqli yetadigan joy» - ya'ni «belning pasti»ni möljalga olişgani sababli faqat ijtimoiy tarmoqlarda tahlil qilindi. Taqrizçilarning ham «past ketgilari» kelmadi çoği...
Dastur haqida
Qaysidir öziga öxşagan guruhdan ajrab çiqib, ularga «kim aslida kim» ekanligini körsatib qöyişni, ilk konsertidan boşlab şov-şuv kötarişni xohlagan jamoa, yoş tomoşabin uçun eng yaqin yöl - inson tanasining «belidan pasti» bilan boğliq kulgili qoçirimlarni sahnaga olib çiqdi. Va ma'lum ma'noda maqsadga ham erişdi.
Endi ularni hamma biladi va taniydi. Lekin, guruh faollaridan biri bölgan Otabek Mirzaxolov konsert oldi intervyularida «Beldan pastga» mavzusida hazillar bölmasligini aytgandi.
Biroq dastur boşlanib, salom berilişi bilan va'dalar unutildi. «Bravo»çilar «salomlaşiş» qismida tagdor gap bilan kiriş qilişdi. Keyin esa ketdi-i... «Qiz bolani qora muşukka irim qilib orqaga yurişi», ayol kişining uyqusiragan eriga «Otsangiz oting, bölmasa yoting!» deyişi, «Immunitet «kötaradigan» dorining nomi «Munisa Rizayeva», «Sud jarayoni» sahna körinişidagi «ot miniş», «Hammaga pöçoğini qöyib ketgan bola»... Bu hali holvasi ekan! «Bitiruv keçasi» sahnasida yanayam oçiqroq gaplar işlatilib, «Robinzon Kruzo» va «Harbiy qism» körinişlarida «bravoçilar» tuzuk-quruq tarbiya körmaganliklarini dastur çöqqisiga çiqib körsatib berişdi.
Mavzuga oid
Tomoşabinlarning beparda va bemaza gaplarga «buralib» kulayotganiga guvoh böldik. Ular orasida taniqli, el içida örnak qilib körsatiş mumkin bölgan kişilar ham körinib qolardi. Balki, ular dastur ssenariysida bunday hazillar bölişini bilişmagandir? Işqilib, şunday bölsin...
Televideniyeni ommaviy axborot vositasi deyişadi. Çunki, uni omma köradi. Yaqindan beri berilayotgan körsatuvlar, kinofilm va şou dasturlar turli yoş kategoriyalariga möljallanganligi turli tarzda, masalan - «18+» singari belgilar bilan berilmoqda.
«Bravo» konsert dasturini qanday belgi bilan belgilaşsa maqsadga muvofiq bölişini öylab topa olmadik. Balki, TV-kanallar - «Oilaviy köriş tavsiya etilmaydi» degan yangi kategoriya qöşişi kerakdir.
Taajjub... Odamlarni kuldiriş uçun ikki jins vakillari örtasida böladigan nozik, pardali jarayonlar, fahş va buzuqlik bemalol sahnada olib çiqiladigan kunlarga ham yetib kelibmiz. Sahnada «bravoçilar» rol öynadi, biroq uni tomoşa qilgan hamiyatli odamlar ularning örniga uyaldi.
Kişiga «Bu aktyorlarning ham ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, farzandlari bormikan?», degan xayol keladi. Boşda «farzandlarim mana şu beta'miz va uyatsiz «sahna asari»ni körib qöymasin-da...» degan fikr. Ming afsuski, hozir informatsiyani yaşirişning iloji yöq. Ular qayerdadir bu «san'at asari»dan boxabar bölişi tayin. Şunisi, yomon.
«Bravo»ning aynan şu dastur va undagi sahna körinişlari, musiqali çiqişlar uçun qilgan bir dunyo mehnati, «Qişloqqa televideniye keldi», «Uylansang boy qizga uylan», kabi hazillari uçun ozgina maqtasak ham bölardi. Afsuski, bunday epizodlar umumiy dastur vaqtining 10 foizini ham egallamaydi.
Bu holat uçun ayb faqat «Bravo» va boşqa guruhlarda emas...
Oldindan eslatib qöysak. Uşbu maqola orqali biz heç qaysi san'atşunos bilan bahslaşişni maqsad qilmaganmiz. Öz fikrimiz va quvvai hofizamizga tayangan holda özbek tomoşa san'atining bugungi holati haqida biroz fikr yuritişni maqsad qildik, xolos.
Özbek tomoşa san'ati şakllana boşlaganidan beri iqtidorli dramaturg, rejissyor va ijroçilardan tanqislik körmagan. Yurtga ötgan asr boşlarida teatr san'ati kirib kelib, soha rivojiga Avloniy, Behbudiy, Furqatlar öz hissalarini qöşgan bölsalar, Hamza, Mannon Uyğur, Abror Hidoyatov va yana köplab san'atkorlar tomoşa san'atini köklarga kötara olişdi.
Qiziqçilik guruhlari esa undan-da oldin paydo bölgan. Katta avlod «Toşbolta oşiq», «Oltin devor», «Kelinlar qözğoloni», «Temir xotin» kabi özbekona kulgi yöğrilgan sahna asarlarini tomoşa qiliş uçun qayta-qayta murojaat qilganiga guvohmiz.
Yusufjon qiziq, Muhiddin qiziq, Abdulhay Maxsum kabi askiyaçilar, Muhiddin Darveşov, Soyib Xöjayev, Ergaş Karimov, Rustam Hamroqulovning samimiy, pokiza askiya va qiziq hangomalari el içida yod bölib ketgan.
Ulardan keyingi avlod - Hojiboy Tojiboyev, Mirzabek Xolmedov, Obid Asomov va boşqalar ham «qiziqçilik estafetasi»ni yomon olib borişmadi. Ular tomonidan tuzilgan «Mirzo teatri», «Obid şou» kabi guruhlar yillar davomida elning mana şu san'at turiga bölgan ehtiyojini qondirib kelganiga hammamiz guvohmiz.
Ularning repertuarida «Beldan pastni» möljallagan hajv yöq edi!» deb aytiş ham noörin. Biroq, ular xalqni kuldiriş bilan bir vaqtning özida hikmatlarga töla sahna asarlari bilan muşohadaga çorlay olişar edi. Ular ham tanqid qilingan va bundan xulosa çiqara olişgan. Hojiboy Tojiboyevning har yili «Bir aktyor teatri» körinişidagi çiqişlari, unda jamiyatdagi kamçiliklarni satira tiğiga olişi odamlar uçun juda katta ma'naviy ozuqa bergani yodimizda. Bir söz bilan aytganda, kitob öqigan va usta körgan san'atkorning yöriği bölak ekan...
Qadimdan odamlarga sahna tomoşasi kerak bölgan. Buni siyosatçilar, davlat arboblari ham yaxşi bilganlar va unga şaroit yaratişgan. Hozir özbek teatrlari bugungi zamon kişilari saviyasidagi asarlar bilan «tomoşa sahnasi»ni töldira olişmayotgani esa barçaga ayon. Özbekistonda faoliyat yuritayotgan 40ga yaqin teatrning qaysi yangi asari premerasi qaçon katta voqeaga aylanganini esa eslay olmaymiz. Yo yaxşi dramaturg va rejissyorlar yöq yoki yaxşi aktyorlar.
Bir yilda Madaniyat va san'at institutining tomoşa san'atiga boğliq fakultetlarini 100 nafarga yaqin talaba bitiradi. Savol tuğiladi: «Ular içidan bugungi kun tomoşabinini zalga çorlaydigan asarlar ijod qiluvçi rejissyorlar, aktyorlar çiqyaptimi?».
Özbek dramaturgiyasi muammolari esa alohida mavzu...
Sahna heç qaçon böş qolmaydi
Sahna sirli joy. U doim egasini izlaydi. Unga çiqişni çin dildan istagan talantlar tomoşabinini mahtal qilmay tezda topiladi.
«Bravo», «Million», «Dizayn» kabi guruhlar ön kun konsert qöysa, zal öşança kun tölib-toşadi. Demak, ular özlari professional bölişmasa ham şu soha vakillarini qaysidir jihatlarda ortda qoldirişgan.
Madaniyat va san'at instituti öqituvçilari va bitiruvçilariga ularni misol keltirsangiz, «Bu san'at emas!» deyişlari aniq. Öşa, Abror Hidoyatov, Şukur Burhon, Hamza Umarov, Abbos Bakirovlarni misol keltirişlari ham bor. Bu fikrga biz ham qöşilamiz. Biroq, tomoşa san'ati zamon bilan hamnafas rivojlanişi kerak emasmi?
Bugungi tomoşa san'ati turğunligi davrida ösgan avlod ertaga «Qirol Lir», «Gamlet», «Revizor», «Oltin devor» kabi asarlarni hazm qila olmaydi-ku?
Ajab... Professionallar muxlislar bilan töldira olmayotgan zallarni şijoatli noprofessionallar töldirmoqda.
Eng yomoni, «Bravo» kabi guruhlarning çiqişlarini san'at deb tuşunuvçi avlod şakllanyapti.
Hali keç emas. Yangi avlodni boğça partasidan boşlab san'atni teran tuşunadigan etib tarbiyalaş harakatini boşlaş zarur.
Xulosa...
Maqola söngida yana öşa «Bravo» guruhi konsert dasturiga qaytamiz.
«Hurmatli «Bravo» guruhi a'zolari! Sizlarda mehnatsevarlik, ijro mahorati va boşqa iqtidor jihatlarini hamma körib turibdi. Jamiyatdagi kamçilikliklarni zör tanqidga ola bilişingizni ham namoyon eta oldingiz.
Faqat, sahnaga inson oila a'zolari bilan köra olişi mumkin bölgan çiqişlar bilan çiqsangiz bölardi. Uyaltirmang. Göşangada kuyov kelin quloğiga, er-xotin yotoqxonada, çoyxonada yigitlar gurungida askiya sifatida aytadigan gaplar sahnaga yaraşmas ekan.
Agar yurt kişilari va bizning maqolamiz sizlarga malol kelsa öşa maşhur sözni aytamiz: «Agar uyalmasangiz, xohlaganingizni qiling!»