Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari Alişer Qodirov köp şov-şuv va muhokamalarga sabab bölgan Toşkentda konsert bergan ayrim ğarb musiqa ijroçilari, TV efiriga uzatilgan «Bravo» guruhining konsert dasturi böyiça mulohazalarini bildirdi.
«Özbekistonda nodavlat, xususiy elektron ommaviy axborot vositalarining milliy assotsiatsiyasi mavjud. Telekanallarda monitoring guruhi, ya'ni badiiy kengaş faoliyati yölga qöyilgan. Körsatuvlar efirga uzatilişidan avval, bilişimça, badiiy kengaş tomonidan ma'qullanişi lozim.
Sir emaski, ayrim seriallar, konsert dasturlari, videokliplar ma'naviyatimizga zid bölgan elementlarni aks ettiryapti. Afsuski, Özbekiston Respublikasi amalda bölgan qonunçilik normalariga köra, şunday lavhalarning efirga uzatilişiga yöl qöymaslik uçun «Ommaviy axborot vositalari töğrisida»gi qonunning ayrim bandlariga özgartiş kiritiş ehtiyoji paydo böladi», – deydi u.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatining aytişiça, OAVga erkinlik zarur va talab etilayotgan jarayon hisoblanadi. Lekin ayrim paytlarda OAV orqali jamiyat xohlamagan; qadriyat sifatida e'tirof etilgan tarbiya, madaniyat va ma'rifatga qarşi ommaviy madaniyatning salbiy ta'sirlari jadal kirib kelyapti.
«Bravo» guruhining konsert dasturi böyiça Markazga bir neçta murojaat böldi. Lekin amaldagi qonunçilikka asosan, biz ularning faoliyatini taqiqlaş vakolatiga ega emasmiz. Tegişli vakolatga ega taşkilotlar esa vakolati doirasida harakatlarini yetarliça asoslab berişga imkon topmayapti. Çunki bu – tadbirkorlik faoliyati.
Nafaqat TV, balki barça turdagi OAV, erkin bosma naşrlar bilan hamkorlikda işlab, ommaviy madaniyatning salbiy ta'sirlaridan jamiyatni asraş böyiça işlar taşkil etiladi.
Bu – senzura emas. Bizga yot bölgan masalalarning kirib kelişiga nafaqat ayrim taşkilotlar, balki jamoatçilik kuçni birlaştirib harakat qilişi lozim. Madaniyatimizga zid bölgan ayrim ğarb musiqa ijroçilarining Toşkentda konsert bergan holatlari böldi. U yerda madaniyatimizga zid bölgan harakatlar kuzatildi. Biz bunga e'tiroz bildiryapmiz, lekin bizning e'tirozdan köra, Özbekistondagi faol jamoatçilik bunday masalalarga qarşi birlaşmas ekan, ayrim taşkilotlarning harakatlari bilan bularning oldini olib bölmaydi», – deb qöşimça qilgan u.
Alişer Qodirov masalaning ikkinçi tomonidan gapirib, ana şu körsatuvlarning iste'molçisi bölgani uçun körsatuvlar efirga uzatilayotganini tanqid qildi.
«Bu holat bugungi axborot iste'molçisining darajasini ham körsatyapti. Axborot tahlil qiliş darajasi jamiyatimizda eng qisqa jarayon hisoblanadi», – deb fikr bildirgan u.

















