«Özbekkonsert» davlat muassasasi tomonidan bugun, 26 fevral kuni «Turkiston» san'at saroyining majlislar zalida «Badiiy söz san'ati va sahna mas'uliyati» mavzusida davra suhbati ötkazildi.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
Tadbirda iştirok etayotgan Kun.uz muxbirining ma'lum qilişiça, qator guruhlar va ijodkorlar masalasi alohida körib çiqilişi möljallangan va aynan şunday ikki holat böyiça rasmiy ma'lumot berildi.
«Özbekkonsert» bilan tuzgan litsenziya talablari va şartlari qöpol ravişda buzilgani, ya'ni ötkazilgan konsert dasturlarida Muassasaga topşirilgan ssenariydan çetga çiqib, milliy urf-odatlarimiz, odob-ahloq, ma'naviy qadriyatlarga yot bölgan, fahşni tarğib qiluvçi hajviyalar orqali özbek söz san'ati obrösiga putur yetkazayotgani, ijtimoiy tarmoqlarda san'atkor odobiga rioya etmagani uçun söz ustalari «BRAVO» va Ibragimova Halima Ubaydullayevnalarning litsenziyalari «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalaş töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi qonunining 23-moddasi hamda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 37-bandiga asosan 2019 yilning 26 fevral kunidan amal qilişi tugatiladi.

Tadbirda «Bravo» jamoasining birinçi konsert kunidan keyin, «Özbekkonsert» vakillari ogohlantiriş berib, «qaytarilmasin» deya ta'kidlangan sahnalar aynan diskka yozilib tarqatilgani ma'lum qilindi.

Şuningdek «Gap yöq triosi» – Sardor Toşmuhamedov, Laliddin Xolmatov va Sanjar Isaboyevlarga yoş avlodni ma'naviy-ahloqiy tarbiyalaşga salbiy ta'sir körsatadigan, mazmunan sayoz mantiq va şe'riyat talablariga javob bermaydigan baçkana sözlar ijrosida bölgan «ommaviy madaniyat» va ahloqsizlik ğoyalarini tarğib qiluvçi videokliplar çiqarganligi uçun ogohlantirildi va kelgusida ham bu holatlar takrorlansa, ularning ham litsenziyalari töxtatilişi bildirildi.

















