Joriy yilning fevral oyi söngida “Bravo” jamoasining litsenziyasini bekor qiliş masalasi körib çiqiladi. Bu haqda “Özbekkonsert” davlat muassasasi rahbari Odiljon Abduqahhorov matbuot anjumani vaqtida ma'lum qildi, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri.

“Bizga ma'lumki, kezi kelganda man-man degan xonandalar konsertiga çiptalar sotilmay qoladi, biroq yoşlar uçun sevimli bölib borayotgan “Million”, “Dizayn”, “Bravo” kabi jamoalarning konsert dasturlarida, ön kun bölsa ham, zal tomoşabinlarga töla böladi. Agarda yoşlar u jamoalarga ergaşadigan bölsa, biz ulardan jamiyatimizdagi ijtimoiy masalalarni kötarib çiqişda foydalansak böladi. “Bravo”ning oxirgi konsertida çindan ham oila davrasida körib bölmaydigan qöpol hazillar mavjud. Bizga konsertdan avval ssenariy topşirilganda, u hazillar yöq edi. Konsertning birinçi kunida Kengaş tomonidan aynan öşa hazillarga e'tiroz bildirildi va keyingi kunlarda u hazillar olib taşlandi. Biroq disk aynan birinçi kunda yozib olingan konsert dasturi bilan tarqaldi. Muassasa tomonidan uşbu masala ssenariy buziliş holati deb topildi. Navbatdagi kengaşda endi “Bravo” jamoasining faoliyatini yakunlaş yoki davom ettirişga ruxsat beriş masalasi körib çiqiladi”, — deya qayd etgan “Özbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorov.

















