Bryusseldagi sammitda Yevroittifoq yetakçilari Brexit'ni ikkita ehtimoliy ssenariy asosida keçiktiriş töğrisidagi qarorni bir ovozdan ma'qullaşdi.
Birinçi variant Buyuk Britaniyani YeIdan çiqişi muddatlarini 22 mayga qadar uzaytirişni nazarda tutadi, bunda kelişuv jamoatlar palatasi tomonidan mart oyi oxiriga qadar tasdiqlanişi şart. Agarda çiqib ketiş töğrisidagi kelişuv Britaniya parlamenti tomonidan tasdiqlanmasa, unda YeI Brexit'ni faqat 12 aprelgaça keçiktirişga rozi böladi.
Buyuk Britaniya 29 mart kuni Yevroittifoqdan çiqib ketişni yakunlaş niyatida edi. Biroq, parlament Tereza Mey tomonidan taklif qilingan, Brexit böyiça kelişuv loyihasini tasdiqlaşdan boş tortdi. Şu bilan birga, Britaniya parlamenti YeIdan kelişuvsiz çiqib ketişni ham rad etdi.
Şundan söng, Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Mey 29 martdan 30 iyunga Brexit muddatlarini keçiktiriş haqida söradi.
Bundan oldin, konservatorlar Mey Brexit evaziga iste'foga çiqişini xohlaşayotgani xabar berilgandi.













