Kuni keça Amerika prezidenti Donald Tramp AQŞ uçun Isroilning Jölan tepaliklari ustidan suverenitetini tan oliş vaqti kelganligini bildirdi.

U Twitter sahifasida Jölan tepaliklari öta muhim strategik ahamiyatga ega ekanligini, Isroil davlati va mintaqaviy xavfsizlik uçun muhimligini e'tirof etdi.

Foto: Alex Wong/Getty Images

Öz navbatida Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxu Trampga Jölan tepaliklari ustidan yahudiy davlatining suverenitetini tan olişga tayyorligi uçun minnatdorlik bildirdi.

Trampning bayonoti Binyamin Netanyaxuning AQŞga taşrifi va Isroilda bölib ötadigan saylovlar arafasida yangradi.

Jölan tepaliklarining Isroilga tegişli ekanligini tan oliş haqidagi mazkur bayonot boşqa mamlakatlar tomonidan salbiy qarşi olindi.

Rossiya: "Rossiya heç qaçon buni tan olmaydi"

Kreml Donald Trampning bu bayonotini salbiy baholadi.

"Şubhasiz, bunday çaqiriqlar Yaqin Şarqda şusiz ham keskin bölib turgan vaziyatni izdan çiqarişi mumkin. Har qanday holatda ham bunday fikr Yaqin Şarqda barqarorlikni ta'minlaş borasidagi maqsad va vazifalarni amalga oşirişga xizmat qilmaydi, buning aksi böladi", — dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Foto: Mixail Metsel/TASS

U Moskva bu "şunçaki çaqiriq bölib qolişiga" umid qilayotganini qöşib qöydi.

Rossiya Jölan tepaliklari Isroilga tegişli ekanligini heç qaçon tan olmaydi, dedi Rossiya Federatsiya kengaşi xalqaro qömitasi a'zosi Oleg Morozov.

"Rossiya heç qaçon buni tan olmaydi", - ta'kidladi Morozov.

Uning aytişiça, "Tramp jahon hamjamiyati va arab dunyosini gijgijlaşga urinmoqda".

"Bundan uçta maqsad közlangan. Birinçisi – bu masalada AQŞni nafaqat asosiy, balki yagona ittifoqçi sifatida körişi kerak bölgan Isroilni öziga yanada boğlab oliş. Ikkinçi maqsad – arab dunyosini parçalab taşlaş. Kimdir böysunadi va jim böladi. Bu esa uni AQŞga yaqinlaştiradi va arab dunyosining bu masaladagi birligini zaiflaştiradi. Uçinçi maqsad – Suriyaga va uning Rossiya bilan hamkorligiga zarba beriş", - dedi siyosatçi.

Moskva AQŞ prezidenti Donald Trampning Jölan tepaliklari haqidagi bayonotini mas'uliyatsizlik deb hisoblaydi, dedi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.

Foto: Vladimir Gerdo/TASS

Zaxarovaning sözlariga köra, jahon hamjamiyatining asosiy vazifasi "yangi uruşlar paydo qiliş yoki mavjud nizolarni çuqurlaştirişda davom etiş emas, balki mintaqaga barqarorlikni qaytariş va tinçlikka olib boruvçi mustahkam yölga tuşib oliş"dir.

"Rossiya Federatsiyasi Jölan tepaliklari Suriya Arab Respublikasiga tegişliligi masalasida prinsipial qaraşga ega. Bu BMT Xavfsizlik kengaşining 1981 yildagi 497-rezolyutsiyasi bilan tasdiqlangan. Isroilning Jölan tepaliklari ustidan suverenitetini örnatiş töğrisidagi huquqqa zid tusdagi qarori borasida fikrimiz özgarmaydi", - dedi Zaxarova.

Uning sözlariga köra, Jölan tepaliklari maqomining Xavfsizlik kengaşini aylanib ötgan holda özgartirilişi BMT qarorining töğridan-töğri buzilişi hisoblanadi.

Yevroittifoq: "YeI fikri özgargani yöq"

Yevroittifoq AQŞ prezidenti Donald Trampning bayonotiga qaramasdan, ilgarigidek Jölan tepaliklarini Isroilning hududi deb tan olmaydi, dedi YeI diplomatik xizmati vakili Mayya Kosyançiç.

"YeI fikri özgargani yöq. Yevroittifoq xalqaro huquqqa mos ravişda 1967 yilda bosib olingan hududlar, jumladan Jölan tepaliklari ustidan Isroil suverenitetini tan olmaydi va ularni Isroil hududining bir qismi deb körmaydi", - dedi Kosyançiç.

Arab davlatlari ligasi: "Jölan tepaliklari - Suriyaning bosib olingan hududi"

Arab davlatlari ligasi Isroil bosib olgan Jölan tepaliklariga nisbatan Suriyaning huquqini tölaligiça qöllab-quvvatlaydi, dedi taşkilot boş kotibi Ahmad Abul Ğayt.

Uning sözlariga köra, Suriyaga tegişli Jölan ustidan Isroil suverenitetining tan olinişi buning boşqalar uçun ham majburiy ekanligini anglatmaydi.

"Arab davlatlari ligasi Isroil bosib olgan Jölan tepaliklariga nisbatan Suriyaning huquqini tölaligiça qöllab-quvvatlaydi, bu masalada rezolyutsiyalarga asoslangan aniq qaraşimiz mavjud", - dedi Abul Ğayt.

U Jölan tepaliklari xalqaro huquq, BMT, Xavfsizlik kengaşi rezolyutsiyalariga muvofiq Suriyaning bosib olingan hududi hisoblanişini aytdi.

Eron: "Isroil heç bir arab va islom hududi ustidan suverenitetga haqli emas"

Foto:EPA-EFE

Eron Taşqi işlar vazirligi Donald Trampning bu bayonotini qoraladi va Isroil arablarning heç bir hududiga haqli emasligini bildirdi.

"Sionistik rejim bosqinçi rejim sifatida heç bir arab va islom hududi ustidan suverenitetga haqli emas. Bu rejimning zöravonligi va bosqinçiligiga zudlik bilan çek qöyiş zarur", - deyiladi Eron TIV vakili Bahrom Qosimiyning bayonotida.

U Trampning bayonotini Jölan tepaliklari masalasiga aralaşuv deb atadi hamda Amerika prezidentining bunday harakatlari BMT Xavfsizlik kengaşining rezolyutsiyasi, xalqaro huquq va prinsiplarni buziş, AQŞ siyosati esa tinçlikka tahdid ekanligini qayd etdi.

Xitoy: "Barça manfaatdor tomonlar BMT rezolyutsiyalariga rioya qilişlari lozim"

Jölan tepaliklari kimga tegişliligi masalasida barça manfaatdor tomonlar BMT rezolyutsiyalariga rioya qilişlari lozim, dedi Xitoy TIV rasmiy vakili Gen Şuan.

"Bosib olingan arab hududlari, jumladan Jölan tepaliklari borasida BMTning tegişli rezolyutsiyalarida aniq yozib qöyilgan, Xitoy barça manfaatdor tomonlar BMT rezolyutsiyalariga, xalqaro huquqqa rioya qilişlari lozim deb hisoblaydi", - dedi diplomat.

Turkiya: "AQŞning bayonoti mintaqani yangi inqiroz yoqasiga olib keladi"

Foto: EPA-EFE/TOLGA BOZOGLU

AQŞning Golan tepaliklari ustidan Isroil suverenitetini tan oliş zarurligi töğrisidagi bayonoti mintaqani yangi inqiroz yoqasiga olib keladi, dedi Turkiya prezidenti Tayyip Erdöğan.

"Bu muvaffaqiyatsiz bayonot Yaqin Şarq mintaqasini yangi inqiroz yoqasiga olib keladi", - dedi Erdöğan Istanbulda bölib ötgan Islom hamkorlik taşkiloti ijroiya qömitasining favqulodda yiğilişida.

U Isroilning Jölan tepaliklarini bosib olişini qabul qilib bölmasligini bildirdi.

Tramp: "AQŞning heç qaysi prezidenti buni qilmagandi"

Trampning özi uşbu qarorga keliş borasida uzoq öylanganini aytdi.

"Men bunday qiliş töğrisida uzoq öylandim, bu AQŞning barça prezidentlari uçun oğir qaror bölgan, heç qaysi prezident buni qilmagandi", - dedi Tramp FOX Business telekanaliga bergan intervyusida Jölan tepaliklari töğrisidagi bayonoti haqidagi savolga javob berarkan.

Golan tepaliklari 1967 yilgaça Suriya tarkibiga kirgan. Olti kunlik uruş davomida Isroil qöşinlari bu hududni bosib olgan.

Eslatib ötamiz, 2017 yil dekabrda Donald Tramp Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olgandi.