Jahon | 08:00 / 21.12.2017
43938
3 daqiqa o‘qiladi

Tramp Al-Quds bo‘yicha qarorni qo‘llab-quvvatlamaydigan davlatlarga tahdid qildi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp AQShning Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olinishi qarorini qoralovchi BMT Bosh assambleyasi rezolyutsiyasiga ovoz beruvchi davlatlarga yordam berishni to‘xtatish bilan tahdid qildi. Bu haqda Tramp Oq uydagi yig‘ilish vaqtida aytib o‘tdi.  

“Ular yuz millionlab, hattoki milliardlab dollarlar olishadi va shundan keyin ham bizga qarshi ovoz bermoqdalar. Yaxshi, biz bu ovoz berish ortidan kuzatamiz, bizga qarshi ovoz berishga urinib ko‘rishsin-chi – biz ancha mablag‘ tejab olamiz. Bizga farqi yo‘q”, deb aytgan Tramp.

18 dekabrda arab davlatlari BMT Bosh assambleyasining favqulodda sessiyasini chaqirtirishni so‘rashgan. Bu sessiyada avval AQSh taqiqlovi sababli Xavfsizlik kengashi tomonidan rad etilgan Al-Quds bo‘yicha rezolyutsiya ko‘rib chiqiladi. Avvalroq Falastinning BMTdagi doimiy kuzatuvchisi Riyoz Mansur jurnalistlarga ma'lum qilganidek, hujjat Bosh assambleyaga muvofiq to‘g‘rilanadi.  

6 dekabrda Tramp Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olgandi. 18 dekabrda esa AQSh “Al-Qudsning maqomi va demografik tarkibini o‘zgartiradigan yoki o‘zgartirishni ko‘zda tutadigan” har qanday qarorlarning noqonuniy xarakterdaligi ko‘rsatilgan rezolyutsiyaga taqiqlov qo‘ygandi.

AQSh Xavfsizlik kengashiga a'zo 15 ta davlatdan ushbu rezolyutsiyaga qarshi ovoz bergan yagona davlat bo‘ldi. BMTning qoidalariga ko‘ra, “Xavfsizlik kengashi tinchlikka tahdid, uning buzilishi yoki tajovuz holatlarida qarshi ovoz berayotgan doimiy a'zolaridan birining pozitsiyasi sababli harakat qila olmasa, Bosh assambleya chora ko‘ra oladi”. Bunday holatda “Tinchlik uchun birdamlik” formulasi bo‘yicha maxsus sessiya tashkillashtirilib, unda Xavfsizlik kengashiga a'zo davlatlarga “tinchlik va xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash va tiklash uchun jamoaviy choralar” tavsiya qilinishi mumkin.  

Mavzuga oid