12 aprel kuni BMT missiyasi nazorati ostidagi Suriya va Isroil chegara hududida joylashgan Camp Faouar bazasida Qozog‘iston mudofaa vaziri o‘rinbosari general-mayor Shayx-Xasan Jazikbayev mamlakat tinchlikparvar kontingentlari rotatsiyasini amalga oshirdi.
«Qurolli kuchlarning o‘z zimmasiga olgan missiyasini bajargan harbiy xizmatchilar vataniga qaytmoqda, ularning o‘rnini egallash uchun ikkinchi milliy kontingent yetib keldi. Ayni paytda harbiy xizmatchilar joylashtirish, tartibga solish va ishlarni qabul qilish bosqichidan o‘tmoqda», – deyiladi Qozog‘iston mudofaa vazirligi xabarda.

2024 yil mart oyida Jo‘lan tepaliklariga BMT missiyasi doirasida yuborilgan 139 nafar harbiydan iborat Qozog‘iston birinchi kontingenti 12 aprel kuni Ostonaga qaytdi.


10 aprel kuni Damashqqa yuborilgan ikkinchi kontingent ham 139 nafar harbiydan iborat. Ular o‘z xohishi bilan jismoniy va ruhiy holati, harbiy unvoni va malakasiga ko‘ra saralab olingan hamda tayyorgarlik mashg‘ulotlaridan o‘tgan, ularning ikki nafari ayol harbiy xizmatchilar.
Harbiylar Suriyaga jo‘nab ketishdan oldin 6 oy davomida BMT standartlari asosida tinchlikparvarlik faoliyati, harbiy tibbiy xizmat, fuqarolar himoyasi, muhandislik hamda intensiv ingliz tili kurslarida o‘qitilgan. Tinchlikparvar kuchlar kuzatuv postlarida xavfsizlikni ta’minlash, hududni patrul qilish, gumanitar yordamni kuzatib borish, evakuatsiya va portlovchi qurilmalarni yo‘q qilish kabi vazifalarni bajaradi.

12 aprelning o‘zida Ostona shahridagi harbiy aviabazada BMTning Jo‘lan tepaliklaridagi missiyasi (UNDOF) tarkibida bir yillik xizmatdan so‘ng qaytgan ilk qozog‘istonlik harbiylarni kutib olish























