Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 24-26 mart kunlari Abu-Dabi Amirligi valiahdi Muhammad bin Zoid Ol Nahayon taklifiga binoan rasmiy taşrif bilan Birlaşgan Arab Amirliklarida böladi. Davlat rahbari matbuot xizmati şu haqida xabar berdi. 

Dasturga muvofiq, Şavkat Mirziyoyev Abu Dabi Amirligi valiahdi, Birlaşgan Arab Amirliklari Qurolli kuçlari Oliy boş qömondoni örinbosari Şayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon hamda BAA vitse-prezidenti, Boş vaziri, Dubay amiri Şayx Muhammad bin Roşid Ol Maktum bilan uçraşişi kutilmoqda. 

Taşrif davomida köp qirrali ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytiriş, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, innovatsion, bank-moliya, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi amaliy aloqalarni mustahkamlaş masalalari muhokama qilinadi. Şuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almaşiladi. 

Taşrif yakunida Özbekiston Respublikasi va BAA örtasida Qöşma bayonotni qabul qiliş, investitsiyalar, moliya, qayta tiklanadigan energetika, sanoat va infratuzilmani rivojlantiriş, qişloq xöjaligi, bojxona ma'muriyatçiligi, mehnat resurslari, madaniyat va boşqa sohalardagi hamkorlikka oid ikki tomonlama hujjatlarni imzolaş közda tutilgan. 

Bundan taşqari, davlatimiz rahbari “Masdar-siti” texnoparki faoliyati bilan tanişişi, qator sanoat, ijtimoiy va boşqa obektlarga taşrif buyurişi rejalaştirilgan.