Internetda bir neça şaxs şahardagi köngiloçar maskanlardan birida muştlaşuv keltirib çiqargani tasvirlangan video tarqaldi.

Şu bilan birga, xabar qilinişiça, hodisa 3 mart kuni Sergeli tumanidagi «Utopiya» tungi klubida soat 2:00lar atrofida sodir bölgan. Bu muştlaşuvda önlab yigitlar iştirok etgan.

Toşkent şahar IIBB xabarida aytilişiça, içki işlar organlariga 3 mart kuni ham, undan keyingi kunlarda ham na bu tumanda, na şaharning boşqa tumanlaridagi köngiloçar maskanlarda tartibsizliklar yuz bergani haqida heç qanday ma'lumot kelib tuşmagan. Videoda tasvirlangan muştlaşuv oqibatida jabrlangan şaxslar haqida ham xabar yöq.

Biroq, IIBB xabariga köra, uşbu videoyozuv qayerda va qaçon tasvirga tuşirilganini aniqlaştiriş hamda tafsilotlarni biliş maqsadida tekşiruv boşlangan.