Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Özbekiston Respublikasiga xorijdan işçi kuçini jalb qiliş va undan foydalaniş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi bilan birgalikda Özbekiston Respublikasi Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasi mablağlari hisobiga xorijdan işçi kuçini jalb qiliş uçun ruxsatnomalar va Özbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oşiriş huquqini beradigan tasdiqnomalarni oliş böyiça onlayn-maydonça işlab çiqadi va amaliyotga joriy etadi.
Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi:
Özbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oşiriş huquqini beradigan tasdiqnomani olgan çet ellik yuqori malakali va malakali mutaxassislar daromadlaridan tölanadigan soliqlar summalari böyiça muntazam kameral nazorat olib boradi;
jismoniy şaxslar daromadlaridan tölanadigan soliq summasining tegişli toifadagi mutaxassislar uçun belgilangan iş haqiga (mukofotga) muvofiq emasligi aniqlanganda, Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga qonun hujjatlari talablariga rioya etilişini rejadan taşqari qisqa muddatli tekşiriş zarurati haqida yozma murojaatlar kiritadi.
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi va Taşqi işlar vazirligiga Özbekiston Respublikasiga mehnat faoliyatini amalga oşiriş maqsadida keladigan çet el fuqarolari Özbekiston Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun belgilangan tartibda ruxsatnoma va mehnat faoliyatini amalga oşiriş huquqi uçun tasdiqnoma olgaç, ularga kiriş vizalarini beriş hamda uzaytiriş vazifasi yuklandi.
Nizomga köra, u quyidagi toifadagi çet el fuqarolariga tatbiq etilmaydi:
Özbekiston Respublikasi prezidentining “Özbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning malakali mutaxassislari tomonidan mehnat faoliyatini amalga oşirişi uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş çora-tadbirlari töğrisida” 2018 yil 7 noyabrdagi PQ-4008-son qarori 5-bandining “a” kiçik bandida körsatilgan şaxslarga;
Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligida akkreditatsiyadan ötkazilgan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo taşkilotlari va hukumat taşkilotlari vakolatxonalarining xodimlari, şuningdek, diplomatik maqomga ega bölgan boşqa şaxslarga;
Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi iltimosnomalariga köra, turizm sohasidagi işlarga uç oygaça bölgan muddatga jalb qilinadigan mutaxassislarga;
Özbekiston Respublikasi hududida faoliyat körsatadigan yoki taşkil etiladigan xorijiy va qöşma korxonalar ta'sisçilariga uç oygaça bölgan muddatda;
Özbekiston Respublikasi hududida davlatlararo bitimlarga muvofiq taşkil etilgan taşkilotlarda mehnat faoliyatini amalga oşiruvçi fan va madaniyat arboblariga;
Özbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarining dasturlari doirasida ta'til vaqtida işlab çiqariş amaliyotini ötayotgan talabalar;
Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligida akkreditatsiyadan ötkazilgan matbuot vakillari;
Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligida akkreditatsiyadan ötkazilgan nodavlat notijorat taşkilotlari, şuningdek, xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qaraşli bölmagan) notijorat taşkilotlari vakolatxonalari hamda filiallarining xodimlari;
Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridagi Prezident maktablari, şuningdek, oliy ta'lim muassasalarida işlaş uçun jalb etiladigan öqituvçilar va mutaxassislarga;
Özbekiston Respublikasida yaşaş guvohnomasini olgan şaxslarga;
Özbekiston Respublikasining xalqaro şartnomalarida işga joylaştirişning boşqa tartibi belgilangan şaxslarga.
Bildirilişiça, iş beruvçilar tomonidan Özbekiston Respublikasiga xorijdan işçi kuçini ruxsatnoma olmay jalb qiliş taqiqlanadi.
Yuqori malakali va (yoki) malakali mutaxassislarni, şuningdek, Prezident maktablari, oliy ta'lim muassasalarida işlaş uçun öqituvçilar va mutaxassislarni jalb etişda iş beruvçining ruxsatnoma olişi talab etilmaydi.
Ruxsatnoma iş beruvçiga unda körsatilgan son va mutaxassisliklar (lavozimlar) uçun bir yil muddatga beriladi. Bunda iş beruvçi tomonidan söralayotgan çet el fuqarolarining soni va mutaxassisligi (lavozimlari) uning işçi kuçiga bölgan amaldagi ehtiyojiga mos kelişi kerak.
Çet el fuqarolarining Özbekiston Respublikasi hududida tasdiqnoma olmasdan mehnat faoliyatini amalga oşirişi taqiqlanadi.
Ruxsatnoma va tasdiqnoma beriş tartib-taomilini amalga oşirişda:
a) Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi ruxsatnomalar va (yoki) tasdiqnomalar beradi;
b) hududiy mehnat organlari tasdiqnomalar beriş uçun öz xulosalarini Agentlikka yuboradi.
Davlat xizmatlari markazlari, Agentlik hamda hududiy mehnat organlari örtasida axborot almaşinuvi elektron raqamli imzoni (ERI) albatta qöllagan holda, faqat idoralararo elektron hamkorlik vositasi orqali amalga oşiriladi.
Ruxsatnomalar va (yoki) tasdiqnomalar oliş uçun iş beruvçilarning taqdim etilgan hujjatlarini öz vaqtida körib çiqiş va ular böyiça xolis qaror qabul qilişni ta'minlaş maqsadida Agentlik rahbarining buyruği bilan Agentlik xodimlari orasidan 7 kişidan köp bölmagan tarkibda komissiya tuziladi.
Ruxsatnomalar va (yoki) tasdiqnomalarni beriş (uzaytiriş) yoki berişni (uzaytirişni) rad etiş töğrisidagi qaror komissiya tomonidan uning a'zolarining köpçilik ovozi bilan qabul qilinadi va komissiya majlisi bayonnomasi bilan rasmiylaştiriladi.
Iş beruvçi ruxsatnoma oliş uçun Davlat xizmatlari markaziga özi kelib murojaat qiladi.
Elektron şaklda ruxsatnoma oliş uçun iş beruvçi Özbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YaIDXP) yoki xorijdan işçi kuçini jalb qiliş uçun ruxsatnomalar va Özbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan şuğullaniş huquqini beradigan tasdiqnomalarni oliş uçun onlayn-maydonçada röyxatdan ötadi.
Arizani körib çiqqanlik uçun eng kam iş haqining bir baravari miqdorida yiğim undiriladi.
Arizani körib çiqiş uçun yiğim tölangani axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Arizani körib çiqiş uçun yiğimlar summalari quyidagi tartibda tasdiqlanadi:
20 foizi Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan taşqari jamğarmasi şaxsiy hisobvarağiga ötkaziladi;
10 foizi Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligining şaxsiy hisobvarağiga ötkaziladi;
qolgan mablağlar Agentlikning bank xisobvarağiga ötkaziladi.
Quyidagilar ruxsatnoma berişni rad etiş uçun asos hisoblanadi:
arizada işonçsiz ma'lumotlarni körsatiş;
iş beruvçi tomonidan söralayotgan çet el fuqarolari soni va mutaxassisliklarining (lavozimlarining) uning işçi kuçiga bölgan ehtiyojiga mos kelmasligi;
çet el fuqarolari mehnat şartnomasi böyiça işga belgilangan tartibda ruxsatnomalar va tasdiqnomalar olmay qabul qilingan holatlar mavjud bölganda.
Ruxsatnoma berişni boşqa sabablarga köra rad etiş qat'iyan taqiqlanadi.












